Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish imkoniyatlari
Q.A.Alimov-TDPI, p.f.n.dotsent
e/pochta:alimov_shamsiddin82@mail.ru Tel:90-747-11-58
E.R.Qudiratov-TDPT, magistranti
e/pochta:ergashqudiratov9@gmail.com
Kalit so‘zlar
Sog‘lom turmush tarzi, shaxsiy gigiyena, tartibli ovqatlanish, organizmni chiniqtirish, zararli odatlar, kun tartibi, jismoniy tarbiya.
Annotatsiya
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvilarida sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish imkoniyatlari va shart-sharoitlarini nazariy hamda amaliy jihatdan tahlil qilindi va yechimlari yoritib berildi.
Sog‘lom turmush tarzi keng ma’noli tushuncha bo‘lib, u unumli mehnat, faol dam olish, badantarbiya va sport bilan shug‘ullanish, organizmni chiniqtirish, shaxsiy gigiyenaga rioya qilish, tartibli ovqatlanish, zararli odatlardan o‘zini tiyish, ruhiy va ma’naviy oziqlanish, muntazam shifokor ko‘rigidan o‘tib turish kabi tushunchalarni o‘z ichiga oladi. Har birimiz bularni o‘z turmush tarzimizga tadbiq etsak, o‘zimiz istagandek sog‘lom turmush kechiramiz. Ekspertlarning fikricha, tibbiy xizmat sog‘lig‘imizning atigi 8-10 % ini ta’minlar ekan. Sog‘lig‘imizning 20% irsiy omillarga, yana 20 % atrof-muhitga va 50 % dan ko‘prog‘i turmush tarzimizga, ya’ni o‘zimizga bog‘liq ekan. Shunday ekan biz o‘z sog‘lig‘imizga o‘zimiz mas’uliyatli bo‘lishimiz lozim. Shu sababdan sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda quyidagi asosiy omillarga e’tibor berishimiz kerak.
To‘g‘ri va ratsional ovqatlanish- sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yishda ovatlanishga alohida e’tibor qaratish lozim. Har bir inson to‘g‘ri
ovqatlanishga odatlansa-bu uning yutug‘i. Avvalo ovqatlanish vaqtini qat’iyan belgilab oling va har doim o‘sha vaqtda ovqatlanishga odatlaning. Nonushtaga yengil va to‘yimliroq, tushlikka esa og‘ir va kechki ovqatga tez hazm bo‘ladigan yengil ovqatlar tanovul qiling. Ovqatlanish davomida o‘zingizga qulay tarzda joylashing. Hech qachon yotib ovqat yemang, bu ovqat hazm bo‘lishini og‘irlashtiradi. Albatta, ovqatlanishdan oldin qo‘llaringizni yuvishni unutmang, aks holda turli zararli mikroblarni ovqat orqali oshqozonga kirishiga imkon yaratasiz va oshqozon yarasi, gastrit kabi kasalliklarga sababchi bo‘lasiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |