Sportning roli


Zararli odatlardan tiyilish


Download 290.86 Kb.
bet45/60
Sana08.02.2023
Hajmi290.86 Kb.
#1176284
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60
Bog'liq
3- SO`BA TAYYORI

Zararli odatlardan tiyilish -yoshlarga zararli odatlar (ichish, chekish) xaqida yetarlicha tushuntirish lozim. Turli yuqumli kasalliklar va tuzalmas xastaliklar tartibsiz va o‘ylamay qilingan harakat oqibatida kelib chiqishini ular ongiga yetkazish lozim. Bu bilan biz yosh avlodni sog‘lom turmush tarziga yordam bergan bo‘lamiz.
Shaxsiy va jamoat gigiyenasiga rioya qilish - shaxsiy gigena-insonning hayoti va faoliyati sog‘lig‘ini saqlash va mustahkamlash yo‘lida asosiy zamin. Shaxsiy gigiyena tana terisi, og‘iz bo‘shlig‘i parvarishi, ovqatlanish tartibi, mehnat hamda dam olishni to‘g‘ri rejalashtirish va sport mashg‘ulotlarini o‘z ichiga oladi.
Atrof-muhitni muhofaza qilish- sog‘lom turmush tarzini shakllantirishdagi asosiy omillardan biri-bu atrof-muhitni muhofazasi. O‘zimiz nafas olib turgan muhitni asrashimiz bu bizning vazifamiz. Atrofga, ariqlarga, kanallarga chiqindilarni to‘kmaslik orqali biz o‘z muhitimizni asray olamiz va turmush tarzimizni yaxshilaymiz.O‘rta maktabni bitirib, mustaqil hayotga qadam qo‘ygan har bir yosh qanday ixtisos egasi bo‘lishidan qat’iy nazar, unda avvalo ekologik madaniyat shaklllangan bo‘lishi va bu sohada nazariy va amaliy bilimlarga ega bo‘lishi kerak. Ekologik madaniyat ekologik ta’lim- tarbiyaning tarkibiy qismi bo‘lib, maktabda barcha fanlarni o‘qitish jarayonida amalga oshiriladi. Ekologik ta’lim-tarbiya deganda o‘quvchilarga muayyan maqsadda pedagogik ta’sir ko‘rsatish tushuniladi. Olamdagi narsalarning hammasi, butun borliq, mavjudod, tevarak-atrof, dala, tog‘-adir, o‘rmon, er, suv, havo, daryo, tabiat pokligi va ifloslanishi, yer tarkibining buzilishi, yerning sho‘rlanishi-hamma-hammasini muhofaza etish turmush tarzi va ekologik ta’lim mazmunini tashkil etadi. Ekologik tarbiya vazifalariga jonli va jonsiz tabiatni asrash, yerning zahlanishi, so‘lim maskanlar, qushlar va hayvonlarning yo‘q bo‘lib ketishining oldini olish, ariqqa mag‘zavalar va har xil iflos narsalarni to‘kishning oldini olish, xonadon, ko‘cha va maydonlarning tozaligi uchun kurash kabilar kiradi. O‘quvchilarning avvalo uyda ota-onalaridan, bog‘chada tarbiyachilaridan, maktabda o‘qituvchilaridan ekologik ta’lim-tarbiya olishi reja asosida tashkil etiladi. Ota-ona farzandiga axloq-odob tarbiyani uyda berib bormasa maktabda berilgan 5-6 soatgina dars bunday tarbiya uchun yetarli emas. Ba’zi ota-onalar farzandlariga qo‘lidan kelganicha uyni ozoda tuting chang to‘zon qilmang, o‘simliklarni behuda yulmang, qushlarni o‘ldirmang, hayvonlarga ozor bermang, ekinlar ustidan yurmang, oftobda ko‘p yurmang, ovqatlanishdan avval qo‘lingni yuv, vaqtida ѐtib uxla, och-nahor qolma, suvni iflos qilmang, ko‘zingizga qarab yuring kabi nasihatlarni beradi. Shuning o‘zi sog‘lom turmush tarziga intilish va ekologik tarbiyaning boshlang‘ich kurtaklaridir. Ayrim ota-onalar bu masalaga e’tiborsizlik bilan qaraydilar yoki erinchoqlik bilan shularni eslatib turishni og‘ir yuk deb biladilar yoki umuman eslariga ham kelmaydi. Kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarda sog‘lom turmush tarziga intilish va ekologik madaniyat haqidagi tushunchalarni shakllantirish, ularga ruhiy-hissiy ta’sir etish bilan birga tabiatga bo‘lgan muhabbat, uning go‘zalliklaridan zavq olish kabilarni kamol toptirish muhim ahamiyatga ega.
Ekologik madaniyat o‘quvchilarda tabiatni asrash, unga oqilona munosabanda bo‘lish singari ko‘nikma va malakalarni shakllantiradi. Har bir o‘quvchida jamiyat va insoniyat oldida, shuningdek, tabiatga bo‘lgan munosabatda o‘z burchini anglash kabi mas’uliyatni rivojlantiradi.
Ekologik madaniyatni shakllantirish uchun esa muntazam tarbiyaviy ta’sir zarur. Maktab darsliklarida sog‘lom turmush tarziga intilish va
ekologik madaniyatni shakllantirishga imkon beruvchi mavzular yetarli
bo‘lib, ulardan o‘rinli foydalanish ham o‘qituvchidan mahorat talab etadi. Gazeta va jurnallardagi maqolalardan, badiiy asarlardan misollar keltirib, turmushga, hayotga bog‘lab uning foydasi tushuntirilsa, o‘quvchi ongiga yaxshi yetib boradi. Hamma gap o‘qituvchining o‘zi sog‘lom turmush tarziga amal qilishida, ekologik bilimga ega bo‘lishida va uni o‘quvchiga yetkazish mahoratiga bog‘liq. Bilim bo‘lgani bilan mahorat yetishmasa, asosiy maqsadga erishib bo‘lmaydi. Hozirgi kunda g‘oyat katta ehtiyoj bo‘lishiga qaramasdan, o‘rta maktab o‘quvchilariga umumlashgan sog‘lom turmush tarziga intilishni targ‘ib qiladigan va ekologik bilim beradigan tarbiya fani maxsus o‘quv predmeti hisoblanadi. Bu fan oldiga axloqiy, estetik, milliy, ekologik tushunchalar bilan o‘quvchilarni tanishtirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Umumlashgan tarzda olganda o‘rta maktabdagi ekologik ta’lim-tarbiya g‘oyaviy, axloqiy, siyosiy, estetik, iqtisodiy, huquqiy va boshqa tarbiya sohalarini bog‘lovchi muhim mexanizm hisoblanadi.
Sog‘lom turmush tarziga intilish va ekologik madaniyatni tarbiyalashning mazmuni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
• Atrof-muhit va uning shaxs ma’naviy dunyosiga ta’siri;
• Tabiat va uning ahamiyatini anglash;
• Tabiatga muhabbatni rivojlantirishda maktab va oila hamkorligi;
• Atrof-muhit muhofazasi, bunda bolalarning vazifalari;
• Tabiatga ongli munosabat jaraѐnida o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish;
• Yoshlarni ekologik tarbiyalashda milliy an’ana va udumlarni qayta tiklash, ularga e’tiborni kuchaytirish.
Sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirishdan bosh maqsad ham
yosh avlodga atrof-muhit va uning muammolariga ongli munosabatni shakllantirishdan iboratdir. Tarbiyalash va o‘qitish jarayonida yoshlar tabiat
boyliklarini tejab-tergashga o‘rgata boriladi. Hozirgi maktab oldida turgan dolzarb muammolardan biri, ta’lim va tarbiya mazmunini milliylashtirishdir. Xo‘sh, ekologik madaniyat tarbiyasini amalga oshirishda milliy poydevor mavjudmi? - degan savolga hech ikkilanmasdan, mavjud deb javob berishga haqli manba bor. Xalq tajribasi-yosh avlodga ekologik bilim-tarbiya berishning asosidir. Dono o‘zbek xalqining ko‘p ming yillik tarixi,barqaror shakllangan urf-odati, xalq maqollari boy milliy-madaniy merosi yuqoridagi fikr isbotidir.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarziga intilish va ekologik madaniyatni shakllantirishda quyidagilarga e’tibor qaratish zarur:
-Ekologik muammolar va tabiatni muhofaza qilish masalalarini kichik maktab o‘quvchilarining yoshiga mos tushunishlari;
-Boshlang‘ich sinfda ekologik ta’lim-tarbiyaning umumiy metodologik va nazariy asoslarini ishlab chiqish;
-Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini e’tiborga olgan holda, shu sohaga oid
materiallar mazmunini boyitish va kengaytirish hamda ta’lim tizimining
barcha bo‘g‘inlarida fanlararo aloqalarni hisobga olgan holda, egallanadigan bilimlar va ularning amalda tadbiq etilishining tarkibiy qismi sifatida qarab chiqish;
-ta’limning barcha darajasida o‘quvchilar ekologik madaniyatini shakllantirish va rivojlantirish bosqichlarini tavsiflash;
-atrof muhitni yaxshilash sohasida o‘quvchilarning amaliy faoliyati turlari tuzilmasi va axborot vositalaridan foydalanishni ishlab chiqish;
-barcha o‘qituvchilarni sog‘lom turmush tarziga intilish va ekologik ta’lim-tarbiya masalalari bo‘yicha tayyorlash hamda malakasini oshirishni ilmiy-metodik jihatdan asoslash kabi muammolar muhim ijtimoiy ahamiyatga ega.
Boshlang‘ich sinflarda bolalar tarbiya, tabiiy fan darslari materialini o‘rganish orqali tabiatga, vatanga, ona zaminga, o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga qanday munosabatda bo‘lishni o‘rganadilar. Bunda bolalarni atrof
olamni sinchkovlik bilan kuzatishga o‘rgatish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki boshlang‘ich sinfda tabiatni muhofaza qilishga o‘rgatish, ularga tabiatga mehr-muhabbat uyg‘otish uchun quyidagilarga ahamiyat berish lozim:
1.Bolalarni oilada suvni tejash, e’zozlash, hovuz, ariqlarni chiqindilardan muhofaza qilishga o‘rgatish.
2.Vaqtida uxlash va vaqtida turish, kun tartibiga amal qilishga odatlantirish.
3.Inson o‘z organizmini bir maromda ishlashini ta’minlash uchun kerakli bo‘lgan vaziyat va ozuqalar haqida tizimli ma’lumotlarni vaziyat nuqtai nazaridan va davriy berib borish.
4.Tabiiy fan darslarida-Ona tabiatni asraylik kabi mavzularda suhbatlar o‘tkazish.
5.Tabiat qo‘yniga sayohat uyushtirish.
6.Har bir sinfda jonli burchaklar tashkil etish.
Davlat ta’lim standartlariga muvofiq o‘quvchilarni tevarak-atrof, tabiat va uning boyliklarini asrab-avaylashga o‘rgatish, milliy qariyatlarimizni ona-tabiat, shaxslararo munosabatlar, odob-axloq borasidagi tushunchalar mazmun mohiyatini tushuntirish, o‘quvchilar xona
o‘simliklari, uy hayvonlarini parvarish qilish, maktab atrofidagi mevali
va manzarali daraxtlarni parvarishlash orqali atrofdagi hayot, tabiat hodisalari haqidagi tushunchalarini rivojlantiradilar. O‘quvchilarga tabiatni muhofaza qilishga doir ko‘nikmalarni shakllantirish, ekologik ta’lim-tarbiya berish bo‘yicha bugungi kunda maktablarda to‘plangan ilg‘or tajribalarni o‘rganish va ulardan foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Boshlang‘ich sinfda sog‘lom turmush tarziga intilish ko‘nikmalari ona tili va o‘qish savodxonligi, tarbiya darsliklarida tizimli tarzda amalga oshiriladi. Umuman tabiatga nisbatan bolalarda muhabbat uyg‘ota olmaslik bizning bolalar oldidagi juda katta xatomizdir. Ekologik madaniyatni shakllantirishning birinchi sharti o‘quvchilarda ekologik vijdonni uyg‘otishdan iborat. Ota-bobolarimiz tabiatni ulug‘laganlar, uni-muqaddas deb qaraganlar, chunki insonning hayot mamoti tabiat bilan bog‘liqdir. O‘zbek xalqining boy ma’naviy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari o‘sib kelayotgan avlodda eng oliy insoniy sifatlarni tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega. Markaziy Osiyo allomalarining jahon ilm-fani rivojini ta’minlagan ilmiy qarashlari o‘zining ta’limiy-tarbiyaviy mohiyatiga ko‘ra milliy qadriyatlar orasida alohida o‘rin tutadi. Ular tomonidan ilgari surilgan hamda asrlar davomida yoshlarda atrof-muhitga to‘g‘ri munosabatni tarbiyalash, tabiat muhofazasi uchun mas’uliyat hissini shakllantirishga yordam beruvchi axloqiy qarashlaridan foydalanish bugungi kunda ham ta’lim-tarbiyaning samarali bo‘lishi uchun muhim g‘oyaviy asos sanaladi. Tarbiyada o‘quvchilarni o‘z maktabini, yashaydigan muhiti shahar va qishloq ko‘chalarini ko‘kalamzorlashtirish, mevali va manzarali ko‘chatlarni ekish, xiyobonlarni, suv havzalarini ozoda saqlash, uy hayvonlariga qarash kabi ishlarida kuchi yetganicha qatnashishga jalb etish katta ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda sog‘lom turmush tarziga amal qilish dunyo ahamiyatiga molik sifat bo‘lib, uni shakllantirishga insonni juda kichikligidan e’tibor qaratish zarur. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirishda barcha fanlarning imkoniyatlarida to‘liq foydalanilgan holda fanlararo bog‘liqlikni hisobga olib integratsiyalashgan darslar tashkil qilish yaxshi samara beradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirishga dars va sinfdan tashqari mashg‘ulotlardan tizimli foydalanish yaxshi samara beradi. O‘quvchilarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirishda ajdodlarimiz me’rosi va milliy qadriyatlarimizdan unumli foydalanish zarur. O‘quvchilarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirishda ona-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimdir.



Download 290.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling