Sportning roli


Download 290.86 Kb.
bet53/60
Sana08.02.2023
Hajmi290.86 Kb.
#1176284
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60
Bog'liq
3- SO`BA TAYYORI

Адабиётлар рўйхати
1.Каримов И.А. Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ, миллатни-миллат қилишга хизмат этсин.-Т.: Ўзбекистон, 1998.17-бет.
2.Мирзиёев Ш.М.Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Олий Мажлис палаталари, сиёсий партиялар ҳамда Ўзбекистон Экологик ҳаракати вакиллари билан видеоселектор йиғилишидаги маърузаси.//Халқ сўзи,2017 йил 13 июль
3.Мирзиёев Ш.М.Ўзбекистон Республикасининг Президентининг 2017-2021 йилларда “Ўзбекистон Республикасини янада ривожлантиришнинг бешта устивор йўналиши бўйича “Ҳаракатлар стратегияси” –Т.: Ўзбекистон,2017 й.
4.Мирзиёев Ш.М.Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.М. Мирзиёевнинг Ислом ҳамкорлик ташкилотининг фан ва технологиялар бўйича биринчи саммитидаги нутқи.//Халқ сўзи, 2017 йил 11 сентябрь
5.Мирзиёев Ш.М.Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг 2017 йил 19 сентябрь куни Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 72-сессиясида сўзлаган нутқи.//Халқ сўзи, 2017 йил 20 сентябрь

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA TABIATGA NISBATAN ONGLI MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISH
Ochilov Fariddun Izatulloyevich,
Chirchiq DPU “Boshlang‘ich ta’lim metodiasi” kafedrasi
katta o‘qituvchisi, p.f.f.d. (PhD).


Annotatsiya: Maqolada amaliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan ijodiy, faol, tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo‘la oladigan, tabiatni sevadigan, uning boyliklarini asrab-avaylaydigan o‘quvchilarni shakllantirish maqsad qilingan.
Kalit so’zlar: tabiat, tabiat boyliklari, tabiiy jarayonlar, amaliy faoliyat, ongli munosabat.

Hozirda, tabiatda vujudga kelayotgan turli-tuman muammolar shakllanayotgan yosh avlodda unga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini tarkib toptirishni talab qilmoqda. Jumladan, toza suvning ifloslanishi, tabiat ne’matlariga nisbatan qo‘pol munosabatda bo‘lish, o‘simliklarni payhon qilish kabi salbiy holatlarga nisabtan o‘quvchilarda murosasizlikni shakllantirish muhim ahamiyatga ega.


Tabiatga nisbatan shafqatsiz munosabat bugungi kunda ekologik vaziyatning buzilishiga sabab bo‘lmoqda. Insonlarning kun sayin ortib borayotgan ehtiyojlari tabiat boyliklari (suv, havo, tuproq, energiya)dan foydalanishga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish uchun boshlang‘ich sinflardayoq o‘quvchilarni tabiiy-ilmiy bilimlar bilan tanishtirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda. [1. 119-b.]
Tabiat boyliklarini asrash har bir shaxsning muhim vazifasi va burchidir. Chunki shaxs tabiat va jamiyat orasidagi o‘zaro ijobiy munosabatlarni tartibga soluvchi muhim kuch hisoblanadi.
Atrof-muhitni anglashga ko‘maklashadigan kompetensiyalarning mazmunida moddiy borliq manzarasini ifodalashga xizmat qiladigan amaliy harakatlar o‘z ifodasini topadi. Kundalik faoliyat va turmush tarzida tabiatning tutgan o‘rnini tushunish, unga nisbatan ongli munosabatda bo‘lish, tabiat go‘zalliklarini anglash, unga xos bo‘lgan narsalarni avaylab asrash ko‘nikmalari rivojlantiriladi.
Bundan asosiy maqsad har tomonlama rivojlangan, amaliy faoliyat tajribasiga ega bo‘lgan ijodiy, faol, atrof-muhitga nisbatan ongli munosabatda bo‘la oladigan, tabiatni sevadigan, uning boyliklarini asrab-avaylaydigan o‘quvchilarni shakllantirishdan iborat. [3]
Tabiatshunoslik o‘quv predmeti bo‘yicha o‘quv jarayonini samarali tashkil etish uchun uning mazmuni, shakllari, usul va metodlarini maqsadga muvofiq tarzda tanlash lozim. O‘quv topshiriqlarini tanlashda ularning o‘quvchilarda muayyan kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qila olishiga e’tibor qaratish lozim. Masalan:

  • o‘quvchilarda atrof-olamda vujudga kelgan muammolarni anglash, ularni yechish ko‘nikmasini shakllantirishga xizmat qiladigan topshiriqlar;

  • o‘quvchilarda kompetensiyalarni shakllantirishga xizmat qiladigan topshiriqlarni aniq, tushunarli tarzda taqdim etish;

  • topshiriqlarni bajarish jarayonida foydalaniladigan usullar va metodlarni tahlil qilish;

  • qo‘yilgan muammodan kelib chiqqan holda olingan natijalarni interpritatsiyalash;

  • qo‘yilgan muammolarning yakuniy yechimini shakllantirish va qayd etishga xizmat qiladigan topshiriqlar. [3]

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tabiat boyliklarini avaylab-asrash ko‘nikmalarini hosil qilishda fanga oid kompetensiyalar muhim o‘rin egallaydi. Shuning uchun ham ular tabiatdagi o‘zaro aloqalarning vujudga kelishi, unga xos qonuniyatlar, voqea-hodisalar haqidagi bilimlarga ega bo‘lishlari talab etiladi. Shu bilan birga, ushbu darslarda o‘quvchilar tun va kunning almashinuvi, jonli mavjudotlar, o‘simliklarning tabiiy sharoitlarga moslashishi, ularning rivojlanish dinamikasi, hayvonot va o‘simlik dunyosi vakillarining ko‘payishi hamda qirilib ketish sabablari haqidagi aniq bilimlarga ega bo‘lishlari kerak. Shuningdek, jonli tabiatni aniq tasavvur qila olishlari muhim ahamiyatga ega. Tabiat voqealarining muayyan makon va zamonda sodir bo‘lishi ham o‘quvchilarda alohida qiziqish uyg‘otadi. Ular har qanday tirik organizmning yashab qolishi uchun muayyan sharoit zarurligi, bu sharoit inson tomonidan yaratib berilishi kerakligini tushunib yetishlari muhim hisoblanadi. Jonivorlarning o‘zi yashab turgan makondan uzoqlashtirilishi ularning hayoti uchun xavfli ekanligini Tabiatshunoslik darslarida o‘quvchilarga anglatish orqali ularda tabiat ne’matlariga nisbatan qadriyatli munosabat shakllantiriladi.
Jonli va jonsiz tabiat orasidagi o‘zaro aloqani o‘rganish, u haqdagi aniq bilim va tasavvurlarga ega bo‘lish o‘quvchilarda tabiatga nisbatan ongli munosabatni tarkib toptiradi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari tabiatning inson tomonidan o‘zgartirilishi undagi yaxlitlikka putur yetkazmasligi lozimligi haqidagi bilimlarni ham o‘zlashtirishga ehtiyoj tug‘diradi.
Tabiatda ijobiy o‘zgarishlarning sodir bo‘lishi unga inson omilining ko‘rsatadigan ta’siri bilan ham belgilanadi. Insonning tabiiy jarayonlarga ishlab chiqarish faoliyati orqali aralashuvi uni ayrim qismlari o‘rtasidagi aloqalarni yaxshilashga imkon yaratadi: yerning haydalishi va aralashtirilishi, uning atmosfera havosi, energiya, namlik bilan bog‘lanishi tabiat jismlari orasidagi aloqalarni yaxshilashidan ham o‘quvchilarni xabardor etish lozim.
Tabiat ne’matlarining o‘zaro aloqadorligi va ularning bir-birini taqozo qilishi haqidagi bilimlar o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy bilimlar haqidagi tasavvurlarini kengaytiradi. Bu bilimlar esa o‘z navbatida muayyan kompetensiyalarning shakllanishiga ko‘maklashadi.
Tabiatni qadrlash, uni e’zozlash xalqimizning asriy qadriyati hisoblanadi. Bunday qoidalar bolalar ongiga juda yoshlikdan singdirilib, ular ulg‘aygan sari iymon-e’tiqod darajasiga ko‘tarilgan. Tarbiyaviy tadbirlar natijasida “Suvni ich, ammo chashmani bulg‘atma”, “Suvga tupurma”, “Suvni isrof qilma” degan o‘gitlar vujudga kelgan.
Ajdodlarimiz o‘zlarining uzoq asrlik hayotiy tajribalari davomida musaffo suv, toza havo, o‘simliklar dunyosining inson hayoti uchun zarurligini uqtirganlar. Yam-yashil bog‘-rog‘lar tashkil etganlar. Suv va toza havoni avaylab-asrash, undan oqilona foydalanish haqida hikmatlar, ertaklar to‘qiganlar. Shu asosda yoshlarga tabiat va uni asrash haqida ta’lim-tarbiya berganlar.
Tabiatga nisbatan bepisandlik bilan munosabatda bo‘lish, uni avaylab-asramaslik og‘ir oqibatlarga olib kelishini ota-onalar va murabbiylar yoshlarga muntazam tushuntirganlar. Bugungi kunda ham tabiatshunoslik darslarida ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan mana shunday pand-nasihatlardan unumli foydalanish lozim.
Yuqorida keltirilgan fikrlar, o‘quvchilar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan tabiiy-ilmiy bilim va ko‘nikmalar, kompetensiyalar ayniqsa, boshlang‘ich sinflar uchun yangi nashr etilgan “Tabiiy fanlar” darsligi [2]da ilyustratsiyalar, ko‘rgazmali amaliy laboratoriya topshiriqlari asosida juda ham tushunarli, qiziqarli tarzda ifodalangan.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, tabiatga oid bilimlar keng qamrovli va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qiziqarli bo‘lib, ular Tabiatshunoslik darslari bilan birga Texnologiya, Matematika, Tasviriy san’at va boshqa darslar tarkibida ham o‘rgatiladi. Har bir o‘quv predmeti tarkibida tabiiy-ilmiy bilimlar o‘quvchilarga fanlararo aloqadorlik asosida taqdim etilsa; tarixiy, milliy, umuminsoniy qadriyatlarga tayangan holda o‘rgatilsa, ularning amaliy faoliyati rivojlanadi, ekologik, estetik-axloqiy ko‘nikmalari shakllanadi.

Download 290.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling