Standartlashtirish to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari


-modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik


Download 481.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana28.12.2022
Hajmi481.6 Kb.
#1017150
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
02. Standartlashtirish qonuni

10-modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik 
Ushbu Qonun qoidalari buzilishida aybdor bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek 
davlat boshqaruv organlarining mansabdor shaxslari amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka 
tortiladilar. 
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 
 LexUZ sharhi 
Standartlarni buzish O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 
212-
moddasiga
 muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. 


IV BO‘LIM. DAVLAT YO‘LI BILAN STANDARTLAShTIRISh VA NAZORAT QILIShGA 
DOIR IShLARNING MOLIYAVIY TA’MINOTI. STANDARTLARNI QO‘LLAShNI 
RAG‘BATLANTIRISh 
11-modda. Davlat yo‘li bilan standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlarning 
moliyaviy ta’minoti 
Standartlashtirish va nazorat qilishga doir ishlar, xususan: 
xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va 
tavsiyalarini ishlab chiqish yoki ishlab chiqishda ishtirok etish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
aniq standartlashtirish obyektlari bo‘yicha qonunchilik hujjatlarini ishlab chiqish
shuningdek standartlarning tarkibiy tashkiliy-texnik va umumtexnik majmuilarini ishlab chiqish va 
ularning amal qilishini ta’minlash; 
(11-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-
apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son) 
texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlarini ishlab chiqish, ular to‘g‘risida rasmiy axborot 
tayyorlash va nashr etish, shuningdek ularni barcha manfaatdor foydalanuvchilarga yuborish
standartlashtirish bo‘yicha umumdavlat ahamiyatiga molik ilmiy-tadqiqot va o‘zga ishlarni 
olib borish; 
standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish; 
standartlar fondini, texnik-iqtisodiy axborotlar klassifikatorlarini, xalqaro (davlatlararo, 
mintaqaviy) standartlarni, standartlashtirish qoidalari, normalari va tavsiyalarini, xorijiy 
mamlakatlarning milliy standartlarini, shuningdek standartlarga muvofiqlik belgisi bilan 
tamg‘alangan mahsulot va xizmatlar Davlat reyestrini shakllantirish hamda yuritish; 
standartlashtirish sohasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aniqlaydigan 
o‘zga ishlar davlat yo‘li bilan moliyaviy ta’minlanishi shart. 
Nashr 
qilingan 
(qayta 
nashr 
etilgan) 
standartlarni, 
texnik-iqtisodiy 
axborot 
klassifikatorlarini, mahsulot va xizmatlar Davlat reyestriga kiritilgan, standartlarga muvofiqlik 
belgisi bilan tamg‘alangan mahsulot va xizmatlarning nashr qilingan (qayta nashr etilgan) katalogini 
sotishdan belgilangan tartibda olinadigan mablag‘lar, shuningdek ushbu Qonun qoidalarini buzganlik 
uchun undiriladigan jarima mablag‘larining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 
belgilaydigan tartibda davlat nazorati organlariga yo‘llanadigan qismi ham standartlashtirish, 
standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratiga doir ishlarni moliyaviy 
ta’minlash manbalari bo‘lishi mumkin. 
Respublika budjeti mablag‘laridan to‘liq yoki qisman ta’minlanadigan davlat dasturlarini 
ishlab chiqishda mahsulot sifatini normativ jihatdan ta’minlash bo‘limlari nazarda tutilishi lozim. 

Download 481.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling