Standartlashtirish to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari
-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi
Download 481.6 Kb. Pdf ko'rish
|
02. Standartlashtirish qonuni
9-modda. Davlat inspektorlari, ularning huquqlari va javobgarligi
Standartlarning majburiy talablariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradigan davlat inspektorlari davlat boshqaruv organlarining vakillari hisoblanadilar. Davlat inspektori: Oldingi tahrirga qarang. xo‘jalik faoliyati subyektining xizmat va ishlab chiqarish binolariga belgilangan tartibda kirish; (9-moddaning 2-qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 10-oktabrdagi O‘RQ-59-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 41-son, 405- modda) xo‘jalik faoliyati subyektidan davlat nazoratini o‘tkazish uchun kerakli hujjatlar va ma’lumotlarni olish; davlat nazoratini o‘tkazishda xo‘jalik faoliyati subyektining texnika vositalaridan foydalanish va mutaxassislarni jalb etish; standartlashtirish bo‘yicha amaldagi normativ hujjatlarga muvofiq standartlarning majburiy talablariga muvofiqligini tekshirish uchun mahsulotlarning namunalari hamda nusxalarini tanlab olishni o‘tkazish, bunda ishlatib yuborilgan nusxalarning qiymati va sinovlarni (tahlillarni, o‘lchovlarni) o‘tkazish xarajatlari tekshirilayotgan xo‘jalik faoliyati subyektlarining ishlab chiqarish chiqimlariga kiritiladi; mahsulotni yaratish, ishlab chiqarishga tayyorlash, tayyorlash, realizatsiya qilish (yetkazib berish, sotish), undan foydalanish (uni ishlatish), mahsulotni saqlash, tashish va chiqindini foydali suratda ishlatish bosqichlarida, standartlar majburiy talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berish; xo‘jalik faoliyati subyekti tekshiruvdan bo‘yin tovlagan taqdirda mahsulotni realizatsiya qilishni man etish huquqiga ega. Oldingi tahrirga qarang. Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi bosh davlat inspektori, standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat inspektorlari bundan tashqari: (9-modda uchinchi qismining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25- apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) Oldingi tahrirga qarang. standartlarni buzganlikda aybdor bo‘lgan xo‘jalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslariga va yakka tartibdagi tadbirkorlarga nisbatan ma’muriy jazo chorasini qo‘llashda; tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berishda; standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan va davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan import mahsulotni realizatsiya qilishni taqiqlashda mutlaq huquqqa egadir. (9-moddaning uchinchi qismini ikkinchi — beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda) Oldingi tahrirga qarang. Davlat inspektorlarining tekshirilgan mahsulot standartlarning majburiy talablariga nomuvofiq bo‘lgan hollarda uni ishlab chiqarishni taqiqlash yoki realizatsiya qilishni (yetkazib berishni, sotishni), undan foydalanishni (uni ishlatishni) to‘xtatib qo‘yish to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun xo‘jalik faoliyati subyektlarining mansabdor shaxslari va yakka tartibdagi tadbirkorlar ma’muriy javobgarlikka tortiladi. (9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda) Oldingi tahrirga qarang. (9-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda) Oldingi tahrirga qarang. (9-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda) Oldingi tahrirga qarang. Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan, davlat yoki tijorat sirini oshkor qilgan taqdirlarida qonunchilikda belgilangan javobgarlikka tortiladilar. (9-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Davlat yoki tijorat sirini oshkor qilish O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 162 , 191- moddalari , shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46- moddasiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi. LexUZ sharhi Davlat inspektorlari zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 207 va 208-moddalariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar. Oldingi tahrirga qarang. Download 481.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling