Standartlashtirish to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari


Download 481.6 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana28.12.2022
Hajmi481.6 Kb.
#1017150
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
02. Standartlashtirish qonuni



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
STANDARTLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA 
I BO‘LIM. UMUMIY QOIDALAR 
1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari 
Standartlashtirishning asosiy maqsadlari: 
mahsulotlar, jarayonlar, ishlar va xizmatlarning (bundan buyon matnda “mahsulot” deb 
yuritiladi) aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkiga, atrof muhit uchun xavfsizligi, resurslarni tejash 
masalalarida iste’molchilar va davlat manfaatlarini himoya qilishdan; 
mahsulotlarning o‘zaro almashinuvchanligini va bir-biriga mos kelishini ta’minlashdan; 
fan va texnika taraqqiyoti darajasiga, shuningdek aholining hamda xalq xo‘jaligining 
ehtiyojlariga muvofiq holda mahsulot sifatini hamda raqobat qila olish imkonini oshirishdan
barcha turdagi resurslar tejalishiga ko‘maklashishdan, ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy 
ko‘rsatkichlarini yaxshilashdan; 
ijtimoiy-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy dasturlar va loyihalarni amalga oshirishdan; 
tabiiy va texnogen falokatlar hamda boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelish xavf-
xatarini hisobga olgan holda xalq xo‘jaligi obyektlarining xavfsizligini ta’minlashdan; 
iste’molchilarni ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi hamda sifati to‘g‘risida 
to‘liq va ishonchli axborot bilan ta’minlashdan; 
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorligini ta’minlashdan; 
o‘lchovlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashdan iboratdir. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2-modda. Standartlashtirish tizimi 
(2-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirish ishlarini o‘tkazishning umumiy tashkiliy-
texnik qoidalarini tartibga solib turuvchi standartlashtirish tizimi faoliyat ko‘rsatadi. 
(2-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Standartlashtirish ishlarini tashkil etish, muvofiqlashtirish va ta’minlashni:
xalq xo‘jaligi tarmoqlarida — O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish agentligi (“O‘zstandart” agentligi);
Oldingi
 tahrirga qarang. 
qurilish, qurilish industriyasi sohasida, shu jumladan loyihalash va konstruksiyalashda — 
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi;
(2-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 24-
dekabrdagi O‘RQ-597-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2019-y., 
03/19/597/4193-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
tabiiy resurslardan foydalanishni tartibga solish hamda atrof muhitni ifloslanishdan va 
boshqa zararli ta’sirlardan muhofaza qilish sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-
muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi;
(2-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-
sentabrdagi O‘RQ-446-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
tibbiyot uchun mo‘ljallangan mahsulotlar, shu jumladan dori vositalari, tibbiy buyumlar, 
tibbiy texnika sohasida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilayotgan, shu 


jumladan import bo‘yicha yetkazib berilayotgan mahsulotlarda inson uchun zararli moddalar 
mavjudligini aniqlash masalalarida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi; 
(2-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 13-
iyundagi O‘RQ-436-son 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 24-son, 487-modda) 
mudofaa qobiliyatini va safarbarlik tayyorgarligini ta’minlash, mudofaa ahamiyatiga molik 
mahsulotlar sohasida — O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi amalga oshiradi. 
(2-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 3-apreldagi O‘RQ-202-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 15-son, 172-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ushbu Qonunga muvofiq davlat boshqaruvi organlari o‘z vakolatlari doirasida standartlarni 
ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va nashr etadi. 
(2-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) 

Download 481.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling