Standartlashtirish to‘G‘risida I bo‘lim. Umumiy qoidalar 1-modda. Standartlashtirishning asosiy maqsadlari
-modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik
Download 481.6 Kb. Pdf ko'rish
|
02. Standartlashtirish qonuni
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar
- II BO‘LIM. STANDARTLAShTIRIShGA DOIR NORMATIV HUJJATLAR 6-modda. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar
4-modda. Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik
Standartlashtirish to‘g‘risidagi qonunchilik ushbu Qonundan va O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. Qoraqalpog‘iston Respublikasida standartlashtirish sohasidagi munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi. (4-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 5-modda. Xalqaro shartnomalar va bitimlar Oldingi tahrirga qarang. Basharti xalqaro shartnoma yoki bitimda O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida ta’riflanganidan o‘zgacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, u holda xalqaro shartnoma yoki bitim qoidalari qo‘llaniladi. (5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) II BO‘LIM. STANDARTLAShTIRIShGA DOIR NORMATIV HUJJATLAR 6-modda. Normativ hujjatlarning toifalari va ularga qo‘yiladigan asosiy talablar Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasida standartlashtirishga doir quyidagi toifadagi normativ hujjatlar qo‘llaniladi: xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar; O‘zbekiston Respublikasining davlat standartlari; tashkilotning standartlari; xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari. (6-moddaning birinchi qismi to‘rtinchi — sakkizinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352-sonli Qonuniga asosan to‘rtinchi va beshinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) Oldingi tahrirga qarang. Davlat yagona uzluksiz ta’lim tizimida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan davlat ta’lim standartlari ishlab chiqiladi. (6-modda O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-sonli Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda) Oldingi tahrirga qarang. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar jumlasiga, shuningdek standartlashtirish qoidalari, normalari, texnik-iqtisodiy axborot klassifikatorlari ham kiradi. Mazkur hujjatlarni ishlab chiqish va qo‘llash tartibi “O‘zstandart” agentligi tomonidan belgilanadi. (6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) Oldingi tahrirga qarang. Xalqaro (davlatlararo, mintaqaviy) standartlar va xorijiy mamlakatlarning milliy standartlari, shuningdek xalqaro qoidalar va normalar O‘zbekiston Respublikasi ishtirok etgan shartnoma yoki bitimlarga muvofiq qo‘llaniladi. Ushbu standartlar, qoidalar va normalarni respublika hududida qo‘llash tartibini “O‘zstandart” agentligi va davlat boshqaruvining boshqa organlari o‘z vakolatlari doirasida belgilaydilar. (6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 25-apreldagi 482-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 5-son, 67-modda) Oldingi tahrirga qarang. Standartlashtirishga doir normativ hujjatlar vatanimiz hamda chet el fan va texnikasining zamonaviy yutuqlariga asoslangan va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq bo‘lishi lozim. Ular xalqaro savdo-sotiq uchun ortiqcha to‘sqinliklarni vujudga keltirmasligi lozim. (6-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Normativ hujjatlarsiz mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilishga yo‘l qo‘yilmaydi. O‘zbekiston Respublikasining manfaatlari himoya qilinishini va ishlab chiqarilayotgan mahsulotning raqobat qila olish imkonini ta’minlash uchun asosli hollarda standartlarda istiqbolga mo‘ljallangan, an’anaviy texnologiyalarning imkoniyatlaridan ildamlashgan dastlabki talablar belgilab qo‘yiladi. Oldingi tahrirga qarang. Iste’molchilarga realizatsiya qilinadigan mahsulotga doir standartlar hamda ularga kiritilgan o‘zgartishlar “O‘zstandart” agentligi organlarida haq olmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak. “O‘zstandart” agentligi organlarida ro‘yxatdan o‘tkazilgan standartlashtirishga doir normativ hujjatlar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarning davlat fondiga kiradi. (6-moddaning sakkizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) Oldingi tahrirga qarang. Mahsulot, atrof-muhit, aholining hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki xavfsizligini, texnikaviy va axborot jihatdan mahsulotning bir-biriga mos kelishi va o‘zaro almashinuvchanligini, ularni nazorat qilish usullari birligi va tamg‘alash birligini ta’minlash uchun standartlarda belgilanadigan talablar davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik faoliyati subyektlari rioya etishi uchun majburiydir. (6-moddaning to‘qqizinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) Oldingi tahrirga qarang. Standartlarda mahsulotni yaratish, ishlab chiqarish va yetkazib berish shartnomasiga kiritilgan, qonunchilikda nazarda tutilgan o‘zga talablar ham belgilab qo‘yilishi mumkin. (6-moddaning o‘ninchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. Import mahsulot, basharti u O‘zbekiston Respublikasida amal qilayotgan texnik reglamentlarning yoki standartlarning majburiy talablar qismiga muvofiqligi tasdiqlanmagan bo‘lsa, yetkazib berilishi va belgilangan maqsadda ishlatilishi mumkin emas. (6-moddaning o‘n birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi O‘RQ-352- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda) Download 481.6 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling