Standartlashtirish va mahsulot sifati


Standartlarni ilmiy tashkil etish printsiplari


Download 55.95 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi55.95 Kb.
#1526936
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Standartlashtirish va mahsulot sifati

Standartlarni ilmiy tashkil etish printsiplari

Standartlashtirish - haqiqatda amalga oshirilayotgan yoki potentsial masalalarga nisbatan ko’plab marta foydalanish uchun ma’lum shartlarni o’rnatish orqali optimal darajada tartibga solishga erishishdir.


Bizning respublikamizda standartlashtirish ishlari bilan Uzdavstandart, shuningdek, faoliyat sohalarining biriktirilishiga qarab Davlat tabiatni saqlash qo’mitasi, Davlat qurilish, hamda O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash Vazirligi shug’ullanadi.
Sobiq ittifoqning Davlat standartlari Vazirlar Mahkamasining 02.03.92y. qaroriga hamda SNG davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida birgalikda kelishib faoliyat olib borish to’g’risidagi kelishuviga ko’ra ushbu davlatlarning Xalqaro standarti sifatida ishlatiladi. Sobiq ittifoq davlatni boshqarish organlari tomonidan tasdiqlangan tarmoq standartlari va texnik shartlar ularning vakolatli muddatlari tugagunga qadar O’zbekiston respublikasi territoriyasida kuchga ega.
Standartlashtirish ishlarining jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, standartlarning yuqori sifatli va samarali bo’lishini ta’minlash uchun ularning ishlab chiqish bosqichida quyidagi majburiy printsiplarni bajarish shart.

  1. Sistemalilik printsipi. Texnik taraqqiyot va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatining ortishi kishilarning mehnati, mehnat vositalari hamda mehnat predmetlarini birlashtiruvchi ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan sistemali yondoshuvni taqozo qiladi.

Sistema deganda, ko’zlangan maqsadga maksimal samaradorlik va eng kam xarajatlar bilan erishishni ta’minlaydigan o’zaro bog’langan elementlar to’plamining faoliyati tushuniladi. Elementlar sistemasining miqdoriy aloqalari determinatlashgan yoki tasodifiy bo’lishi mumkin.
Sistemaga kiruvchi o’zaro bog’langan elementlar sistemasi ularni turli darajalarda ierarxik bog’liqligini o’rnatishga imkon beruvchi strukturani hosil qiladi.

  1. Komplekslik va optimal chegaralanish printsipi. Standartlarni ishlab chiqishda standartlashtirishning yakuniy ob’ektiga ta’sir etuvchi barcha asosiy elementlarni e’tiborga olish kerak. Standartlashtirish ishlarini mehnat sarfini qisqartirish uchun asosiy ob’ektga unchalik ta’sir ko’rsatmaydigan omillar e’tiborga olinmaydi. Standartlashtirishda moddiy va moddiy bo’lmagan o’zaro bog’langan elementlar kompleksiga talab va tavsiflar sistemasi ko’rib chiqiladi.

  2. Standartlarni optimallashtirish va progressivlik printsipi Standartlar tomonidan o’rnatilgan ko’rsatkichlar, me’yorlar, tavsiflar va shartlar fan, texnika va ishlab chiqarishning jahon darajasiga javob berishi kerak. Ular standartlashtirilayotgan ob’ektlarning rivojlanish yo’nalishlarini e’tiborga olishlari shart.

  3. Standartlashtirilayotgan mahsulotning bog’liqligini ta’minlash printsipi. Mahsulotlar ekspluatatsiya qilish ko’rsatkichlari bo’yicha bir-birining o’rnini bosishni ta’minlashga imkon beruvchi bu printsip kompleks standartlashtirishda, shuningdek mahsulotlarni standartlash-tirishda, texnik shartlarni ishlab chiqishda asosiy o’rin tutadi.

  4. Standartlarning o’zaro bog’liqlik printsipi. Umumtexnikaviy va tarmoqlararo standartlarning ko’p sonli, turli-tumanligi ular o’rtasida o’zaro bog’liqlik o’rnatishni taqozo etadi. Kompleks standartlashtirish usuli ushbu printsipning muhimligi va samaradorligining yaqqol misolidir. SHuningdek, standartlashtirish sohasidagi qo’llaniladigan tushunchalarning o’zaro bog’liqligi ham muhimdir.

  5. Standartlarni ishlab chiqishning ilmiy-tadqiqot printsipi. Standartlarning loyihalarini tayyorlash va muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun faqatgina amaliy tajribani keng umumlashtirishgina emas, balki maxsus nazariy, eksperimental va tajriba konstruktorlik ishlarini ham amalga oshirish zarurdir. Bu printsip barcha standartlarga tegishlidir.

  6. Ustivorlik printsipi. Odatda tipik birlashmalar va detallarning tipi va o’lchamlari, shuningdek boshqa parametrlar ishlab chiqarishning turli tarmoqlari uchun

bir vaqtda standartlashtiriladi. SHuning uchun bunday standartlar parametrlari bo’yicha katta diapazonni egallaydilar.
SHu printsipga ko’ra rezbalarning metrik qadami va diametri qatori, normal burchaklar qatori va boshqalar tuziladi. Bundan tashqari mahsulot tiplari, tip o’lchamlari, parametrlarini qo’llashga ruxsat etiladigan zaruriy minimumiga keltiradigan chegaralangan tarmoq standartlarini ham yaratish tavsiya etiladi.

  1. Dinamika printsipi. Iqtisodiyotning samaradorligini oshirish uchun standartlashtirish ob’ektlarining texnika taraqqiyoti shartlariga javob beradigan darajada bo’lishlari uchun vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqish zarur.

  2. Minimal moddiy xarajatlar ulushi. To’qimachilik va yengil sanoat mahsulotlarida moddiy sarf xarajatlarni ulushi 65-80% ni tashkil etadi. SHuning uchun ham mahsulot birligiga ketadigan xom-ashyo sarfini qisqartirish muhim ahamiyatga egadir. Mahsulotlarni standartlashtirishda xom-ashyo sarfi ulushini qisqartirishga imkon beradigan ilg’or texnologiyani tatbiq etish, eng maqbul bichish kartalarini qo’llash, mahsulotning uzoqqa chidamlilik, ta’mirlanuvchanlik xususiyatlarini yaxshilash moddiy xarajatlar ulushini qisqartirishga imkon beradi.



    1. Download 55.95 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling