Stanokning kinematiksxemasi. Kinematik sxemalarda qo'Uaniladigan shartli belgilar


Download 251.5 Kb.
bet1/7
Sana30.04.2023
Hajmi251.5 Kb.
#1415760
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Stanoklarning kinematik sxemalarini ishlab chiqarish


Stanoklarning kinematik sxemalarini ishlab chiqarish


Reja:



  1. Stanokning kinematiksxemasi. Kinematik sxemalarda qo'Uaniladigan shartli belgilar.

  2. Stanoklar yuritmalarining tasnifi.

  3. Yuritmalarning asosiy (namunaviy) mexanizmlari.

  4. Pog'onali yuritmalarning kinematik hisobi. Struktura setkasi va ay­lanish chastotalarining grafiklari.



Stanokning kinematik sxemasi. Kinematik sxemalarda qo'llaniladigan shartli belgilar
Stanokning turli organlariga harakatlarni uzatishda qatnashayot-gan alohida elementlar va mexanizmlarning o'zaro bog'lanishini ifo-dalovchi shartli tasvir stanokning kinematik sxemasi deb ataladi. Ki­nematik sxemalarni chizishda ГОСТ 2. 770-68 bo'yicha qabul qilin-gan shartli belgilardan foydalaniladi. Kinematik sxema ayrim kinema­tik zanjirlardan tashkil topadi. Stanokning kinematik zanjiri deb hara-katni boshlang'ich zvenodan oxirgi zveno (masalan, elektr dvigateldan shpindel)ga uzatishni ta'minlovchi qator (tasmali, tishli, reykali, vintli, zanjirli, chervyakli) uzatmalar to'plamiga aytiladi. Harakatni bir ele-mentdan ikkinchi element (masalan, valdan val)ga yoki harakatni bir turdan ikkinchi tur (masalan, aylanma harakatni to'g'ri chiziqli harakat)ga aylantirib beruvchi mexanizm uzatma deyiladi. Harakatni uzatuvchi element yetaklovchi, harakatni qabul qiluvchi element esa yetaklanuvchi deb ataladi. Yetaklanuvchi val aylanish chastotasi nvd

ning yetaklovchi val aylanish chastotasi ga nisbatiga uzatish nis-bati deyiladi:
Kinematik zanjirlar doirniy o'zaro bog'langan elementlardan tashkil topgan yoki almashinuvchi elementlarga ega boiishi mumkin. Almashi-nuvchi elementlar ko'pincha tishli g'ildiraklar, disk yoki baraban shak-lidagi kulachoklar, shkivlardan iborat bo'ladi. Almashinuvchi o'zaro bog'langan elementlar guruhi sozIash uzeli deb ataladi. Kinematik zanjirning tishli g'ildiraklardan tuzilgan sozlash uzeli gitara deb ata­ladi. Gitaralarbir, ikki va uchjuftli boTib, ko'proq ikkijuftligi uchraydi.
Kinematik zanjir oxirgi zvenolarining hisoblangan surilishlarini bog'lovchi tenglamalar kinematik zanjir balansi deb ataladi.
Bu tenglama asosida sozlash uzelining uzatish nisbati aniqlanadi.
Mexanik uzatmalardan tashqari gidravlik, pnevmatik va elektrik uzatish qurilmalariga ega bo'lgan stanoklar uchun shuningdek gidrav­lik, pnevmatik, elektrik va boshqa sxemalar ham tuziladi.



Download 251.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling