Stansiyalari


Manyovr lokomotivlari sonini xisoblash


Download 194.97 Kb.
bet13/14
Sana14.03.2023
Hajmi194.97 Kb.
#1268167
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
UER Muhiddin

4.3 Manyovr lokomotivlari sonini xisoblash
Manyovr lokomotivlarining talab etilgan miqdorini analitik xisoblash usuli hamda nisbatan aniq bo‘lgan grafik usul bilan stansiyaning sutkalik ish-reja grafigi asosida aniqlash mumkin. Analitik xisoblash usulida avvalom bor stansiyaning umumiy manyovr ishlari xajmini bajarish uchun sutkalik lokomotiv-daqiqalar sarfi aniqlab olinadi. Manyovr lokomotiv-daqiqalar sarfini bajarilgan manyovr jarayonlari sonining yig‘indisi sifatida belgilab olinadi (saralash, tuzish, uzatish, olib chiqish va boshqalar). Shu bilan birga xar bir jarayonga sarflangan aniq texnologik jarayonlar me’yorlari ham aniqlab olinadi.
Manyovr lokomotivlarining talab etilgan soni, stansiya bo‘yicha yoki xar bir manyovr rayonlari bo‘yicha aldoxida quyidagi formula yordamida aniqlanishi mumkin:

bunda: xisobot ma’lumotlari bo‘yicha belgilanadigan, manyovr ishlarining sutkalik xajmining nomutanosibligi koeffitsienti ( );
sutka davomidagi stansiyadagi yoki aloxida manyovr rayonlaridagi u yoki bu manyovr ishlarini bajarilishiga ketgan lokomotiv-daqiqalar sarflarining yig‘indisi;
tortuv yo‘lidan foydalanishda u yoki bu xalaqit beruvchi marshrutlar tufayli to‘xtalishlarni xisobga oluvchi koeffitsient ( ).
sutka davomida lokomotiv brigadalarini almashinishiga ketgan vaqt sarfi,
Tek-sutka davomida manyovr lokomotivini ekipirovkadan o‘tkazilishiga ketgan vaqt sarfi Tek = 60 daqiqa
Manyovr lokomotivi ishida texnologik to‘xtalishlarga ketgan umumiy vaqt sarfi (band bo‘lgan marshrutning ochilishini kutish, manyovr jarayonlarining boshlanishi va xakazolar), ( =50 daqiqa).
Manyovr lokomotivlarini aniq bir rayonga biriktirilishi ulardan oqilona foydalanishni, manyovr ishlarining xavfsiz bajarilishini poyezd tuxzuvchilari brigadasining mehnat unumdorligini oshishini va shu bilan bir qatorda stansiyaning barcha ishlarida aniqlikni va to‘g‘ri tashkil etilishini ta’minlaydi. Hisob kitoblar natijasiga ko‘ra manyovr lokomotivining soni butun son bo‘lmasligi mumkin. Shu sababli ularni xar xil manyovr rayonlarida qo‘llanilishini, ishlarni ushbu rayonlar o‘rtasida qayta taqsimlashni, ularni birlashtirishnilokomotivlardan foydalanishni kuchaytirish va boshqa choralarni ko‘rib chiqish lozim. Manyovr lokomotivlari tomonidan sutkalik manyovr ishlarini bajarilishiga ketadigan vaqt sarflari 4.3 jadval ko‘rinishida aniqlanadi.
4.3 jadval
Lokomotivlar bilan barcha turdagi manyovr ishlarini bajarilishiga ketgan sutkalik vaqt sarfi


p/p

Jarayonlar

O‘lchov birligi

Soni

Vaqt me’yori, daqiqa

Lokomotiv-daqiqa sarflari

1

2

3

4

5

6

1

Tarkibni tarqalishi

tarkibi

14

33

462

2

Bir guruhli poyez tarkibni tuzilishini tugallash

tarkibi

12

19

228

3

Ko‘p guruhli poyez tarkibni tuzilishini tugallash

tarkibi

3

55

165

4

Tarkiblarni saralash parkidan qabul qilib jo‘natish parkiga olib qo‘yish

tarkibi

15

15

225





Download 194.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling