«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet161/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
167
Hususan, biz uchun nixoyatda dolzarb bo‘lgan tarix fani ham bundan mustasno emas. 
Tarixga oid tadqiqot ishlari asosan bayonchilik, publitsistik usulda olib borilmoqda. 
Natijada olis va yaqin o‘tmishimizning ko‘pgina voqealarning mazmun-mohiyati, 
ularni yuzaga keltirgan omillar va tarixiy qonuniyatlar ochilmasdan qolmoqda”[1]. 
Jamiyatda millatning ruhiy ma’naviy xususiyatlari tarixiy taraqqiyot jarayonida 
rivojlanadi. O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng, o‘zining mustahkam 
davlatchilik siyosati yuksak vatanparvarlik ma’naviyati uzoq tarixga borib taqaladi. 
Shuningdek, turkiyalik olim, professor Usmon Turon tarixiy xotirani millat rivojidagi 
o‘rniga, belgilovchi o‘rinni ajratadi. Jumladan: u shunday yozadi: “bashariyat xofizasida 
mavjud bo‘lgan tarix shuurda yashar ekan, millatlar shaxsiyatini o‘stirishga, madaniyat 
va mafkuralarni quvvatlantirishga xizmat qiladi. O‘z xalqi tarixini bilmagan millatlar 
xotira va idroklarini yo‘qotib qo‘ygan davdirlarga o‘xshaydi. Bu alpozda yashayotgan 
millatlarning yuksalishiga yoxud o‘zligini muhofaza etishlariga, hatto ularning tarqalib 
ketmasligiga kafolat yo‘q[2]”. 
Sobiq ittifoq davridan qolgan mafkura asosida yashab bo‘lmasligini tarixiy 
taraqqiyot jarayoni ko‘rsatib qo‘ydi. Shu bois, sho‘rolar zamonida jamiyatdagi barcha 
jarayonlar “kommunistik” mafkura asosida amalga oshirilgan bo‘lib, rasman mustaqil, 
lekin amalda markazga bo‘ysindirilgan respublikalarda xalq ma’naviyati, qadriyati 
umuman hisobga olinmas edi, qolaversa, hukmron mafkura asosida jamiyat boshqarib 
kelingan. 
Turli millat va elatlardan еtishib chiqqan mutafakkirlar hukmron mafkura 
talablariga mos tushsa, darsliklarga kiritilgan. Masalan, «O‘zbekiston SSR tarixidan 
hikoyalar»[3]kitobida Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino kabi qomusiy 
olimlar haqida qisqagina ma’lumot berilgan, Imom Buxoriy, Iso at-Termiziy, Abu 
Mansur al-Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Zamaxshariy kabi yuzlab buyuk 
mutafakkir, muhaddis, ulamolar to‘g‘risida esa lom-mim deyilmagan va o‘rganishga 
yo‘l qo‘yilmagan.
Binobarin, o‘tmishga nazar tashlar ekanmiz, milliy yakdillik orqali ijobiy natijalarga 
ham erishilganini ko‘ramiz. Tarixiy voqealarni o‘rganishda to‘g‘ri ilmiy-nazariy, 
metodologik asoslarga tayanishning ahamiyati juda katta. Sovetlar xukmronligi 
davrida tarixiy tadqiqotlar, uni o‘qitish va o‘rganish ishlari markscha-lenincha 
metodologiyaga bo‘ysundirildi. Har qanday voqeani yoritishga sinfiylik, partiyaviylik 
nuqtai nazarlaridan yondashildi. Tarixiy voqea-hodisalar kambag‘allarni va yo‘qsillarni 
himoya qilgani tarzda, ularning manfaatlariga muvofiq holda yoritildi [4].
Xalqimizning haqiqiy tarixini o‘rganishga bo‘lgan bugungi kundagi intilish 
tabiiy ravishda jamiyatda milliy ongni rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Prezidentimiz 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   157   158   159   160   161   162   163   164   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling