«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
168
Sh. Mirziyoyev ta’kidlaganlaridek, “Tan olishimiz kerak, jamiyatimiz hayotining 
barcha soha va tarmoqlari qatori ma’naviy – ma’rifiy ishlarimizda ham hali еchimini 
kutib turgan, o‘zgarishlar shamoli kirib bormagan masalalar oz emas. Yangi hayot, 
yangi jamiyat qurishga qaratilgan islohotlar jarayonida bu ishlarimizning nazariy 
asosi bo‘lgan milliy g‘oyani rivojlantirish, ayniqsa, g‘oyat muxim ahamiyatga ega. 
Jahon tarixiga nazarga solsak, har bir xalq avvalo o‘z milliy g‘oyasi asosida birlashib, 
taraqqiy etgani, murakkab sinovlardan o‘tib kelayotganiga amin bo‘lamiz” [5]. 
Har bir xalq, elat va millat o‘zining ijtimoiy hayotini aks ettiradigan etnik ongga 
ega hisoblanadi. Milliy ong insonning biror-bir etnik qatlamga munsubligini his etishi, 
o‘z o‘tmishi va ajdodlari haqida tarixiy tasavvurga ega bo‘lishi, milliy an’ana, marosim 
va qadriyatlarni umuinsoniy qadriyatlar asosida anglashidir. Masalan, “tarixiy xotira 
milliy ongning komponenti bo‘lgani holda, ijtimoiy ongning boshqa shakllarining 
o‘rnini bosmaydi va ayniqsa, ularga zid kelmaydi, balki ular bilan o‘zaro munosabatda 
bo‘ladi ” [6], shu bilan birga tarixiy tafakkur tarixiy xotira asosida shakllanar ekan, 
xalqning milliy tarixiy xotirasi yo‘qolishi uning kelajagi barham topishiga olib kelishi 
mumkinligi haqidagi turli hil qarashlar bor. Shu bois, tarixiy xotiraning, ayniqsa, 
milliy tarixiy xotiraning shakllanishida, avvalo, xalq og‘zaki ijodi juda katta o‘rin 
tutadi. Xalq ijodida ezgulik va olijanoblik, mardlik va qahramonlik, vatanparvarlik 
va insonparvarlik tarannum etilgan. Jamiyatda yangi davr boshlanganda kechagi 
kun tarixiy xotirasida ustivor bo‘lgan o‘tmish qahramonlari va qadriyatlari turli hil 
ziddiyatlarga uchraydi. Shu bois, jamiyatda tarixiy tafakkur va tarixiy xotiraning ta’siri, 
ayniqsa, millat davlat tarixidagi burilish jarayonlarida yaqqol namoyon bo‘ladi, milliy 
uyg‘onish jarayoni tezlashishiga olib keladi. 
Masalan, huquqshunos olim J. Toshqulov “XIX asrning ikkinchi yarmida Chor 
Rossiyaning olib borgan bosqinchilik, mustamlakachilik, talonchilik, zo‘ravonlik 
siyosati mahalliy xalqparlikning qattiq qarshiligiga uchradi. Ular o‘z vatanini himoya 
qilish va uning davlat mustaqilligini saqlab qolish, keyinchalik mustamlakachilik 
zulmiga barham berish uchun mardanavor kurash olib bordilar. Bu kurash jarayonida 
mustaqillikka erishish yo‘llari haqida ilk g‘oyalar shakllana boshladi. Bu davr 
xalqlari tarixiga mustaqillik uchun kurashning dastlabki bosqichi sifatida kirdi.” – 
deb ta’kidlaydi[7]. Bu tarixiy haqiqat. Biroq masalaning siyosiy jihatdan mushohada 
qiladigan bo‘lsak, unga kengroq yondashish zarur deb hisoblaymiz. O‘zbekistonda 
mustaqillikni dastlabki yillaridan boshlab, tarixiy jarayonlarni ma’naviyatning oliy 
mezonlari asosida shakllanganligi bilan izohlashimiz mumkin. 
Ko‘p millatli O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, milliy masalaga, 
O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi millatlar o‘rtasidagi tinch-totuvlikni juda ham nozik 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling