“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
33
Soatov Orzuqul,
O‘zbekiston Oliy Majlisi senati a’zosi
KEKSALARI E’ZOZ TOPGAN YURT KAM BO‘LMAYDI
Annotatsiya. Ushbu maqolada yurtmizda inson qadrini ulug‘lash, shu jumladan keksalarimizga
ko‘rsatilayotgan ehtirom, hurmat va izzat, ularga yaratilib berilayotgan shart-sharoitlar haqida
ma’lumotlar berilgan.
Kalit so‘zlar: keksalar, nuroniy, hurmat, qadriyat, taraqqiyot strategiyasi, inson qadri, xalq,
meros, an’ana, ehtirom, ijtimoiy himoya, nafaqa.
Аннотация. В данной статье представлена информация о почитании человеческого
достоинства в нашей стране, уважении и почете, оказываемом пожилым людям, и созданных
для них условиях.
Ключевые слова: пожилые люди, уважение, ценность, стратегия развития, человеческая
ценность, люди, наследие, традиции, уважение, социальная защита, пенсия.
Annotation. This article provides the information about the veneration of human dignity in our
country, respect and honor given to older people, and the conditions created for them.
Key words: elderly people, respect, value, development strategy, human value, people, heritage,
traditions, social protection, pension.
Keksalarni hurmat qilish, ularga e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish jamiyatimizning
o‘ziga xos yuksak madaniyatining azaldan davom etib kelayotgan ma’naviy va madaniy
belgisidir. O‘zbek xalqiga xos bo‘lgan fazilatlar istiqlolimizning dastlabki yillaridan
mamlakatimizda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan Yangi O‘zbekistonni
2022–2026-yillarda rivojlantirishga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan
muhim tamoyillardan biri aholini ijtimoiy himoya qilish bilan bog‘liq vazifalarni
amalga oshirish jarayonida inson qadri ustuvor vazifaga aylanib bormoqda. Yangi
O‘zbekistonni rivojlantirishning 2022–2026-yillarda mo‘ljallangan taraqqiyot
strategiyasi mamlakatimiz istiqbolini tubdan o‘zgartirish yo‘nalishlarini belgilab
berdi [1].
Aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha mustahkam huquqiy bazaga asoslangan
ishonchli tizimni shakllantirish esa ushbu modelning asosiy yo‘nalishlaridan biridir.
Zero, inson, uning hayoti va orzu-umidlari davlatimizning doimiy diqqat e’tiborida
bo‘lib kelmoqda.
Oila iqtisodida jamg‘armaning o‘rni katta. Oilaning jami puli, daromadlari va
sarf-xarajatlari oila jamg‘armasini tashkil qiladi. Oila ning qancha daromadi, qancha
Do'stlaringiz bilan baham: |