«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
35
Bu yurtimizdagi barcha xonadonga surur baxshida qilib, keksalarimiz ko‘ngillarini 
tog‘dek ko‘tardi. Bu bilan, albatta, keksalarimizga yanada e’tiborli, mehrli bo‘lish, 
ularning hayot tajribalarida sinalgan bebaho o‘gitlaridan foydalanish, oilalarning tinch-
totuv, to‘kis yashashida, farzandlar tarbiyasida ularning pand-nasihatlariga ergashish 
kabi azaliy qadriyatlarimiz yanada rivojlanadi.
Zero, yoshi ulug‘larning pand-nasihatlariga quloq tutib faoliyat yuritish, ish 
boshlagan paytimizda ularning duosini olish eng qadrli an’analarimiz sarasiga kiradi. 
Yurtboshimiz bu haqda ta’kidlab: “Xonadonlarimizning fayzu farishtasi bo‘lgan 
nuroniy otaxon va onaxonlarimizni e’zozlash, ularni hayotdan rozi qilish, qo‘limizdan 
kelganicha umrlarini uzaytirish asrlar davomida eng ulug‘ qadriyatlarimizdan biri 
bo‘lib kelmoqda. Bunday tabarruk insonlarga xizmat qilish, ularga munosib turmush 
sharoitlarini yaratib berish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘rishni ezgu va 
savobli ishimiz deb bilamiz”, deb alohida ta’kidlab o‘tdilar [3].
Keksalar duosi ijobatining mahsuli, yurtimizning tinchligi shahar-u qishloqlarimiz 
obodligi farzandlarimiz baxti, bekiyos ne’matlarning to‘kinligi ko‘zimizni quvontiradi. 
Bu yurtga Allohning nazari tushgan yurtboshisi odil, keksalarga e’zozi bor.
Darhaqiqat, keksalarni e’zozlash, ularga doimo e’tiborli va mehrli bo‘lish qon-
qonimizga singgan qadriyatlarimizdan. Ularning hayot tajribalarida sinalgan bebaho 
o‘gitlari oilalarning tinch-totuv, to‘kis yashashida, farzandlar tarbiyasida qanchalar 
zarurligini hammamiz yaxshi bilamiz. Yoshi ulug‘lar bilan maslahatlashib ish tutish, 
ish boshlashdan oldin ularning duosini olish eng qadrli an’analarimizdandir. Buning 
ma’no-mohiyati “Qari bilganni pari bilmas”, degan naqlda ham yaqqol aks etgan. 
Azaldan xalqimiz ko‘plab ezgu ishlarida ko‘pni ko‘rgan otaxon-u onaxonlarning 
maslahatlariga tayanadi.
Yurtimizdagi har bir korxona va tashkilot, ta’lim va tarbiya muassasalarida, 
davlat va nodavlat tashkilotlarida faxriylarga, nuroniylarga e’tibor qaratilmoqda. 
Mehnat faxriylari e’zozda, ularga zarur moddiy, ma’naviy, tibbiy yordam ko‘rsatish 
choralarini ko‘rishda, barcha muammolarini еchishda atrofdagilar beg‘araz yordam 
ko‘rsatilmoqda.
Xalqimizning yaxshi odatlari juda ko‘p. Masalan, oila, mahalla-ko‘yda, korxona 
va tashkilotlarda yoshi ulug‘ insonlarga o‘zgacha mehr-e’tibor bilan munosabatda 
bo‘lishdan tashqari, biron ezgu ishni boshlashdan oldin keksa avlod vakillarining 
maslahati va duosini olishga odatlanganmiz. Ularni e’zozlash bobidagi ezgu amallar 
qatoriga yana biri qo‘shildi. Gap shundaki, Vazirlar Mahkamasining “Keksa avlod 
vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini oshirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi qarori bilan 2019-yildan e’tiboran oktabr oyining boshi “Keksalar 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling