“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
38
Sobir Xodjayev,
“Oila va xotin-qizlar” ilmiy-tadqiqot instituti
bo‘lim boshlig‘i, sotsiologiya fanlari
bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
FAOL QARISH INDEKSI KEKSALARGA OID IJTIMOIY
SIYOSAT ASOSI
Annotasiya. Maqolada faol qarish indeksi, uning asosiy yo‘nalish va indikatorlari bo‘yicha
xorij tajribasi va uni O‘zbekistonda joriy etish borasidagi fikr-mulohazalar bayon etilgan.
Kalit so‘zlar: keksalik, qarish, faol qarish, uzoq umr ko‘rish, indeks, faol qarish indeksi, indikator.
Аннотация. В статье описаны индекс активного старения, его основные направления
и показатели, зарубежный опыт и мнения специалистов по его внедрению в Узбекистане.
Ключевые слова: старост, старение, активное старение, долголетие, индекс, индекс
активного старения, индикатор.
Annotation. The article describes the active aging index, its main direction and indicators,
foreign experience and point of views on its implementation in Uzbekistan.
Key words: old age, aging, active aging, longevity, index, active aging index, indicator.
Yigirmanchi asr Yevropa mamlakatlari uchun birinchi navbatda keksa kishilar
uchun qashshoqlik xavfini kamaytirishga qaratilgan pensiya siyosatining joriy etilishi
bilan ajralib turadi. Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi asta-sekin kengayishda davom
etib, bu davlatlarda keksalarga tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishni ham qamrab oldi.
Aholining qarishi odatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning natijasi hamda asosiy
global muammolaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Shu bilan birga, so‘nggi o‘n yilliklarda
dunyoda qarishni idrok etishda - nafaqat aholining yosh tarkibidagi o‘zgarishlarni
kelib chiqadigan muammolarga keskin salbiy munosabatdan, shu bilan birga iste’mol,
turmush tarzi va sifati, iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy faoliyat hamda ta’lim sohalarida
namoyon bo‘layotgan imkoniyatlarga o‘tish tendensiyasi kuzatilmoqda.
Tug‘ilishning qisqarishi, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligining oshishi va
aholining katta qismining pensiya yoshiga erishishi natijasida boshlangan aholining
qarishi keksalarga nisbatan tor maqsadli siyosat uchun muammoga aylandi. Buning
uchun nafaqat davlat pensiya ta’minoti va sog‘liqni saqlash tizimlari barqarorligini
ta’minlash, balki bunday barqarorlikka keksalarning o‘zlarining faol ishtiroki orqali
erishish uchun ham bunday siyosat ko‘lamini kengaytirish zaruriyati paydo bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |