“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
40
FQI loyihasining maqsadi turli siyosiy tadbir va dasturlarni amalga oshirish orqali
keksa kishilarga jamiyatga hissa qo‘shish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarishga
yordam beradigan sohalarni aniqlashdan iborat. Buning uchun individual darajadagi faol
qarishga intilishlar samarali siyosat va dasturlar orqali qanday qo‘llab-quvvatlanishi va
kengaytirilishi mumkinligini ko‘rsatadigan dalillar bazasini taqdim etish talab etiladi.
FQI tomonidan ishlab chiqiladigan dalillar bazasi bir qator muhim siyosiy savollarga
javob berishga yordam beradi:
Qanday qilib ba’zi mamlakatlar faol qarishning barcha sohalarida boshqalarga
qaraganda yaxshiroq natijalarga erishmoqda va bu holat pastroq natijalarga erishgan
mamlakatlar uchun qanday rag‘bat va yo‘l-yo‘riq bo‘lishi mumkin?
U yoki bu mamlakatda faol qarilikning qaysi sohalarida ko‘proq yutuqlarga erishish
mumkin?
Boshqa davlatlar tajribasidan qanday xulosalarga chiqarish mumkin?
Shunday qilib, FQI loyihasi siyosatchilarga faol qarish ko‘rsatkichlari va tarkibli
indekslar ko‘rinishidagi qiyosiy va mazmunli dalillar bazasiga asoslangan siyosatni
shakllantirish imkoniyatini beradi. Indeksdan yaqin kelajakdagi siyosiy rivojlanishning
ustuvor yo‘nalishlarini aniqlashda ham foydalanish mumkin.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) faol uzoq umr ko‘rishning oltita asosiy
determinantlari: xulq-atvor shakllari; individual biologik va psixologik xususiyatlar;
tibbiy va ijtimoiy xizmatlar; jismoniy muhit; ijtimoiy omillar; iqtisodiy omillarni
ajratib ko‘rsatadi.
Faol qarish siyosati insonning o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini oshirishga
asoslangan salohiyatini rivojlantirish va ro‘yobga chiqarishga qaratilgan. Faol qarish
siyosatining ikkilamchi maqsadi barcha fuqarolarga samarali va mustaqil hayotni
davom ettirish imkoniyatini berish, shu bilan birga keksayotgan jamiyatning barqaror
rivojlanishi uchun uning salohiyatini safarbar qilishdir.
Faol qarish indeksi pensiya bilan bog‘liq masalalar bilan chegaralanib qolmay,
ijtimoiy hayotning yanada kengroq sohalari, xususan, sog‘liqni mustahkamlash,
davomiy professsional faoliyatni rag‘batlantirish va jamiyat hayotida ishtirok etishda
davom etishni ta’minlashni qamrab oladi.
Faol qarish indeksi o‘z ichiga 4 ta:
Do'stlaringiz bilan baham: |