«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 49 ko‘rilgan ishda da’vogar A. da’vo ariza bilan murojaat qilib, farzandlaridan aliment undirishni talab qilgan. Sud tomonidan aniqlangan holatlarga ko‘ra, da’vogar A. qonuniy nikoh asosida S. bilan turmush qurganini, birgalikdagi turmushlaridan 6 nafar farzandlari borligini, turmush o‘rtog‘i 24.12.2020da vafot etganini, farzandlari D., V., E., J., Z., I. ekanini, farzandlari D., V., Ye. lar onalari vafot etganidan so‘ng uning holidan umuman xabar olmay qo‘yganini, behurmat qilishlarini, uyda kenja farzandi I. bilan turishini, keksayib qolgani uchun moddiy va ma’naviy tomondan qiynalib qolganini, olayotgan 1.000.000 so‘m pensiyasi еtmayotganini, farzandlari D., V., Ye. lar sog‘lom va mehnatga layoqatli ekanini bildirib, ularning har biridan qonunda belgilangan miqdorlarda aliment undirishni so‘ragan. Sud majlisida javobgar D. da’voni tan olib, da’vogar otasi ekanini, onasi S. 2020-yilda vafot etganini, otasidan xabar olib turishini, otasi onasiga hayotligi davrida ko‘p zug‘um o‘tkazganini, qiynaganini, boshqa uylanaman deb mahalla-ko‘y oldida sharmanda qilganini, onasi kasalligi davrida xo‘rlaganini, shu sabab otalari bilan o‘rtaga sovuqchilik tushib qolganini, otasi ukasi I. bilan birga turishini, ukasining turmush o‘rtog‘i uyga ularni kiritmasligini, otasining ta’minoti uchun aliment to‘lashga roziligini bildirib, suddan nizoni qonuniy hal etishni so‘ragan. Sud da’vogarning mehnatga qobiliyatsiz ekanligi, moddiy yordamga muhtojligi, javobgarlar D., V., Ye.larning voyaga еtgan, mehnatga layoqatliligi, da’voni qisman tan olganliklari, o‘z ixtiyori bilan da’vogarni moddiy ta’minlab kelmaganliklarini inobatga olib, da’vogar foydasiga javobgarlar D., V., Ye.larning har biridan 200.000 so‘mdan aliment undirishni lozim topadi. Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, o‘zbek millatining qadimdan shakllangan ota-onaga hurmat va extiromda bo‘lishi, ularni asrab avvaylab muomala qilishi, qarigan chog‘ida dastak bo‘lish va parvarishlashi kabi majburiyatlari jamiyatimizda bugungi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. Milliy qonunchilik va xorijiy davlatlar qonunchiligi tahlili ham farzandlarning ota-ona oldidagi majburiyatlarini mustahkamlaydi, o‘z o‘rnida sud, huquq tartibot organlari tomonidan ta’sir choralari orqali ham mehnatga layoqatsiz ota-onalarning huquqlarini ta’minlanishi, insonparvarlik prinsiplarining amaldaligini tasdiqlaydi. Muhimi, bu borada muammoning ijtimoiy jihatlariga ahamiyat qaratish zarur ekanligi, farzandlar tarbiyasi, oiladagi sog‘lom ma’naviy muhitning shakllanishiga ahamiyat qaratish xamon o‘z muhimliligini saqlab qolmoqda. Download 4.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling