«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet46/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
48
Misol uchun, Avstriya fuqarolik kodeksida 1458-moddasi
7
da ota-onalar (ota va ona 
teng huquqli) voyaga еtmagan farzandlarining tarbiyasi haqida g‘amxo‘rlik qilishlari 
va umuman ularning farovonligiga hissa qo‘shishlari shartligi belgilab qo‘yilgan. 
Ota-onalar va bolalar bir-birlarini qo‘llab-quvvatlashlari kerak, bolalar ota-onalariga 
e’tibor berishlari kerak. Voyaga еtmagan bola ota-onasining ko‘rsatmalariga amal 
qilishi shart.
Germaniya fuqarolik kodeksining 1626–1699-moddalari
8
da ota-onalar va 
bolalarning bir-biriga yordam berish va bir-birini hurmat qilish o‘zaro majburiyligi 
to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi 1601-moddada alohida, bolalarning o‘z ota-onalarga ta’minot 
berish majburiyati hamda yaqin qarindoshlarning o‘zaro ta’minot majburiyatlari o‘rin 
olgan. 
Xitoy Xalq Respublikasining “Nikoh to‘g‘risida”gi Qonunining 21-moddasi
9
ga 
muvofiq, ota-onalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga va ularga ta’lim berishga, 
bolalar ota-onalariga yordam berishga majbur ekanliklari mustahkamlangan. Qonun 
bolalarni tark etish va bolalarga zarar yеtkazadigan boshqa harakatlarni taqiqlaydi. 
Ota-onalar o‘zlarining kichik farzandlarini himoya qilish va tarbiyalashga majburdirlar. 
Voyaga еtmagan bolalar tomonidan davlatga, jamoaga yoki shaxslarga zarar yеtkazilgan 
taqdirda ota-onalar fuqarolik javobgarligi yuzaga keladi. Shu bilan birga, bolalar ota-
onalarining nikoh huquqini hurmat qilishlari va ota-onalardan biri tomonidan qayta 
turmush qurishga va nikohdan keyingi hayotga aralashmasliklari kerak. Shunday 
qilib, xitoylik qonun chiqaruvchi ota-onalar va bolalarning huquqlari va burchlarining 
o‘zaro bog‘liqligini ta’kidlaydi.
Chexiya Fuqarolik Kodeksi
10
ning ikkinchi qismi ota-onalar va bolalar o‘rtasidagi 
munosabatlarga bag‘ishlangan. Fuqarolik kodeksining 855-moddasida ota-onalar va 
bolalarga o‘zaro huquq va majburiyatlar o‘z aksini topgan bo‘lib, ota-ona va bola 
bir-birlariga yordam berishlari, qo‘llab-quvvatlashlari va o‘zaro hurmat ko‘rsatishlari 
shart. Chexiya fuqarolik kodeksining 884-moddasida ota-onalar bolaga g‘amxo‘rlik 
qilishda muhim rol o‘ynashi, ular o‘z farzandlari uchun umumbashariy namuna bo‘lishi 
kerakligi, ko‘rsatib o‘tiladi.
Sud amaliyotiga nazar soladigan bo‘lsak, ota-onalar tomonidan farzandlaridan aliment 
undirish bilan bog‘liq ishlarda o‘zaro ota onaga nisbatan behurmatlik, oila rishtalarining 
uzulganligi kabi holatlarga guvoh bo‘lamiz. Andijon viloyati Bo‘ston tumanlararo sudi
11
da 
7
https://books.google.co.uz/books
8
http://oceanlaw.ru/wp-content/
9
https://chinalawinfo.ru/civil_law/law_marriage/law_marriage_ch3
10
http://juristpraha.cz/ru/89_2012_rus
11
Андижон вилояти суд материаллари архивидан. 



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling