«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 46 lozim bo‘lgan summani ko‘rsatib, ajrim chiqarishi mumkin. Voyaga еtgan, mehnatga layoqatli bolalardan undirilayotgan aliment miqdori qonunchilikda belgilangan mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 11,75 foizidan kam bo‘lmasligi kerak. Shuningdek, Oila kodeksining 111-moddasi talablaridan kelib chiqib, voyaga еtgan, mehnatga layoqatli bolalar ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli sabablarga ko‘ra qilinadigan qo‘shimcha xarajatlarda ishtirok etishlari shart. Voyaga еtgan, mehnatga layoqatli bolalar tomonidan qo‘shimcha xarajatlar ixtiyoriy ravishda qoplanmasa, talab qilinayotgan summa sud tartibida undirilishi mumkin. Ota-onalar faqat voyaga yеtgan, mehnatga layoqatli farzandlaridan aliment undirishga haqli. Shuningdek, ota yoki ona bir vaqtning o‘zida mehnatga layoqatsiz va yordamga muxtoj bo‘lishlari lozim. Mehnat qonunchiligiga ko‘ra mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onalarni ta’minlash majburiyati bolalarining moddiy ahvolidan qat’iy nazar so‘zsiz ijro etiladi. 55 yoshga to‘lgan ayollar va 60 yoshga to‘lgan erkaklar mehnatga layoqatsiz, deb hisoblanadi. Shuningdek, yashash uchun yеtarli mablag‘ga ega bo‘lmagan shaxslar yordamga muhtoj, deb tan olinadi. Ota yoki onaning aliment olishga muhtojligi quyidagi omillardan kelib chiqib belgilanadi: – moddiy ahvoli; – mavjud daromadlari darajasi; – mehnatga layoqatli turmush o‘rtog‘ining bor-yo‘qligi; – turmush o‘rtog‘i moddiy yordam berish-bermasligi. Ota-onaning oziq-ovqat olishga, kommunal xizmatlarni to‘lashga va dori- darmonlarga daromadi еtmasligi ularning yordamga muhtoj deb tan olinishiga sabab bo‘ladi. Oila kodeksining 81-moddasiga ko‘ra esa, ota-onaning ota-onalik huquqidan mahrum qilinganligi bolalarni ularni ta’minlash majburiyatidan to‘liq ozod qilish uchun asos hisoblanadi. Bundan tashqari, Kodeksning 113-moddaga ko‘ra esa, agar sud ota- onaning ota-onalik majburiyatini bajarishdan bo‘yin tovlaganligini aniqlasa, bolalarni mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj ota-onasiga ta’minot berish majburiyatidan ozod qilishi mumkin. Ota-onasiga moddiy yordam berish to‘g‘risidagi sudning hal qiluv qarorlarini bajarmaslik ma’muriy va jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning, 47 5 -moddasiga ko‘ra, voyaga еtgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling