«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
45
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66-moddasida voyaga еtgan, 
mehnatga layoqatli shaxslarning o‘z ota-onasiga g‘amxo‘rlik qilish majburiyati 
belgilangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
109-moddasida ham xuddi shunday majburiyat belgilab qo‘yilgan. 
Voyaga еtgan, mehnatga layoqatli bolalar mehnatga layoqatsiz, yordamga muhtoj 
o‘z ota-onasiga ta’minot berishlari va ular to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishlari shart.
Ota-onasining davlat va nodavlat muassasalari qaramog‘ida ekanligi voyaga еtgan 
mehnatga layoqatli bolalarni ota-ona haqida g‘amxo‘rlik qilish va ularga moddiy 
yordam ko‘rsatish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Demak, ota-onalarga bolalar tomonidan ta’minot berish majburiyati yuzaga kelishi 
uchun quyidagi asoslar bo‘lishi lozim :
– voyaga неtgan farzandlar bilan ota-onalar o‘rtasida ota–ona va bolalik 
aloqalari bo‘lishligi;
– ota-onaning haqiqatda mehnatga yaroqsizligi va moddiy ta’minotga muhtoj 
bo‘lib qolganligi;
– bolalarning voyaga еtganligi va mehnatga yaroqliligi;
– bolalarni aliment berish majburiyatidan ozod etuvchi holatlarning mavjud 
emasligi.
Ota-onaning aliment olishga ehtiyoji quyidagi omillardan kelib chiqib belgilanadi
3
:
− 
moddiy ahvoli;
− 
mavjud daromadlari darjasi (masalan, pensiya miqdori, mol-mulktni rentaga 
berishdan qo‘shgan daromad, dividendlar olish);
− 
mehnatga layoqatli er(xotinning mavjudligi;
− 
er (xotin) tomonidan moddiy ko‘mak mavjudligi;
− 
boshqa shaxslardan ko‘mak olishi.
Oila kodeksining 110-moddasiga asosan, ota-onaga beriladigan ta’minot miqdori 
va tartibi belgilab berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, voyaga yеtgan, mehnatga layoqatli 
bolalar o‘z ota-onasiga ixtiyoriy ravishda moddiy yordam berishdan bo‘yin tovlasalar, 
ta’minot miqdori bolalarning oilaviy va moddiy ahvolini hisobga olgan holda sudning 
hal qiluv qaroriga asosan belgilanadi. Ota-ona, aliment undirish haqidagi talabni o‘z 
bolalarining biriga yoki bir nechtasiga nisbatan qo‘yganligidan qat’i nazar, aliment 
miqdorini belgilashda sud voyaga еtgan, mehnatga layoqatli bolalarning barchasini 
hisobga olishi lozim. Voyaga еtgan, mehnatga layoqatli bolalardan aliment undirish 
nizosi uzil-kesil hal bo‘lgunga qadar sudya shu nizo bo‘yicha vaqtincha to‘lab turilishi 
3
Аёллар ва болалар мулкий манфаатларини алимент муносабатлари орқали таъминлаш масалалари: 
–Тошкент: Янги аср авлоди, 2019. – 162 б.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling