«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»


“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”


Download 4.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/201
Sana15.11.2023
Hajmi4.8 Mb.
#1777178
TuriСборник
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   201
Bog'liq
Конференция 13-oktyabr 2022

“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar” 
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami
53
2019-yil 27-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Keksa 
avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rni va ijtimoiy faolligini yanada oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 816-son Qarori qabul qilindi
16
. Mazkur qarorga muvofiq, 
mamlakatimizda “1-oktabr – Xalqaro keksalar kuni”ni har yili munosib nishonlash 
maqsadida, oktabr oyining birinchi haftasi “Keksalar haftaligi” etib belgilandi.
Mazkur qaror keksa avlod vakillarining jamiyatdagi o‘rnini oshirishda hamda 
ularning ijtimoiy faolligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Qarorga 
asosan joylarda “Keksalar maslahati guruhlari” tuzilib, jamiyat hayotida yoshi 
ulug‘ insonlarning boy tajribasidan foydalanish, yoshlar tarbiyasida va kamolotida 
nuroniylarning rolini oshirishda katta ahamiyat kasb etdi. 
“Keksalar maslahat guruhlari” faoliyatini tashkil etish masalasi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-iyundagi “Fuqarolarning o‘zini o‘zi 
boshqarish organlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bilan yanada mutsahkamlandi
17
. “Keksalar maslahat 
guruhi”ning maqsadi keksalarning muammolarini manzilli o‘rganish va bartaraf etish, 
keksa avlod vakillarining boy hayotiy tajribasidan oilalar va mahallada ijtimoiy-
ma’naviy muhitni barqarorlashtirish, yoshlarni tarbiyalashda unumli foydalanish, 
ularning islohotlar jarayonida faol ishtirok etishini ta’minlashdan iboratligi belgilandi. 
2021-yildan boshlab keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy 
himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohasida 
yagona davlat siyosatini amalga oshirishga mas’ul agentlik tashkil etildi. O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-martdagi PF-6195-son Farmoniga asosan 
Tibbiy-ijtimoiy xizmatlar agentligi tashkil etildi
18
. Agentlik keksalar, nogironligi 
bo‘lgan shaxslar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj boshqa toifalariga tibbiy-
ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanishi 
ko‘zda tutildi. Shuningdek, Agentlik tarkibida yuridik shaxs hisoblanmaydigan, 
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hamda byudjetdan 
tashqari “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 
faoliyat yuritishi belgilandi
19
.
Keyingi yillarda keksa va faxriylarimizni nafaqat moddiy va ma’naviy qo‘llab-
quvvatlash, balki ularning ijtimoiy faolligini oshirishga ham katta e’tibor qaratilmoqda. 
Keksalarimizning ijtimoiy faolligini rivojlantirish orqali ularning salomatligini 
16
https://lex.uz/ru/docs/-4532381?ONDATE=05.04.2022&ONDATE2=28.09.2019&action=compare
17
https://lex.uz/docs/-5461749
18
https://lex.uz/docs/5342462
19
Keksalari e’zolangan yurt: ilmiy-ommabop risola. – Toshkent: “Mahalla va oila nashriyoti”, 2021. – B.34.



Download 4.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   201




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling