«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 47 ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamasligi, o‘n besh sutka muddatga ma’muriy qamoqqa olishga yoki “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksga muvofiq ma’muriy qamoq qo‘llanilishi mumkin bo‘lmagan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi. Birinchi marta huquqbuzarlik sodir etgan shaxs, agar u ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishni ko‘rish jarayonida aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni ixtiyoriy ravishda to‘lagan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod etiladi. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 123-moddasiga asosan, voyaga еtgan shaxslarning mehnatga layoqatsiz va moddiy yordamga muhtoj bo‘lgan ota-onani yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni moddiy ta’minlashdan bo‘yin tovlashi, ya’ni ularni moddiy jihatdan ta’minlash uchun sudning hal qiluv qaroriga binoan undirilishi lozim bo‘lgan mablag‘ni jami bo‘lib ikki oydan ortiq muddat mobaynida to‘lamasligi, shunday qilmish uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Agar shaxs aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq to‘lagan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod qilinadi. Xorijiy mamlakatlar qonunchiligi tahlili shuni ko‘rsatadiki, qator davlatlarning Konstitutsiyalarida konstitutsiyaviy norma sifatida ham ota-onalarning ham voyaga еtgan farzandlarning ota-onalariga o‘zaro ta’minot berishi va g‘amho‘rlik qilishi haqida alohida norma belgilanadi. Xususan, Xorvatiya Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasi 4 ga asosan, bolalarga keksa va zaif ota-onalarga g‘amxo‘rlik qilish majburiyatini yuklaydi va Litva Respublikasi Konstitutsiyasining 38-moddasi 5 ga ko‘ra, ota-onalarni hurmat qilish, qarilikda ularga g‘amxo‘rlik qilish, ularning merosini saqlash majburiyati belgilangan. Ozarbayjon Respublikasi Konstitutsiyasining 34-moddasi 6 da ota-onalarga hurmat va g‘amxo‘rlik qilish bolalarning burchi bo‘lib, mehnatga layoqatli voyaga еtgan bolalar tomonidan nogiron ota-onalarni moddiy qo‘llab-quvvatlash (ta’minlash) burch sifatida qaraladi. Bundan tashqari, chet davlatlarning fuqarolik va oila qonunchiligida ota-onalarning va voyaga еtgan farzandlarning ota- onasiga ta’minot berishi va o‘zaro majburiyatlari belgilangan. 4 https://legalns.com/download/books/cons/croatia.pdf 5 https://www.lrs.lt/home/Konstitucija/Konstitucija_RU.htm 6 https://mincom.gov.az/ |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling