«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 36 haftaligi” etib belgilandi. Shundan kelib chiqib, 2019-yilda mamlakatimiz tarixida ilk bor barcha shahar va qishloqlarda ushbu haftalik keng miqyosda nishonlandi [4]. Haftalik davomida Prezidentimiz tashabbusi bilan 600 nafar ijtimoiy faol keksa va nuroniylarga “Yangiyo‘l” sanatoriysida bepul dam olish imkoniyati berildi, 2019- yil 5–6-oktabr kunlari barcha teatrlar, shu yilning 7–8-oktabr kunlari esa muzeylar keksalarga bepul xizmat ko‘rsatdi. Mazkur haftalik doirasida o‘tkazilgan tadbirlar asnosida: 28 357 nafar keksalarga turli sovg‘alar, 11 929 nafariga oziq-ovqat mahsulotlari, 3 343 nafariga dori-darmonlar ulashildi. 5 586 nafar nuroniyga 270 million, “Saxovat” va “Muruvvat” uylariga esa 222,844 million so‘mlik moddiy yordamlar ko‘rsatildi. Nuroniylarning 21 891 nafari sayyor “Tibbiyot brigadalari” tomonidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. 55 nafar keksalarga nogironlik aravachalari taqdim etildi [5]. Yoshi ulug‘ insonlar salomatligini mustahkamlash maqsadida “Har kuni 5 ming qadam” shiori ostida tashkil etilgan piyoda yurish marafonlarida 80 mingdan ortiq otaxon va onaxonlarimiz qatnashdi. Qadimiy urf-odatlar, qadriyatlar va marosimlar makon hisoblangan Surxondaryo viloyatida keksalarga bo‘lgan e’tibor cheksiz hurmatga ega bo‘lib, asrlar davomida keksalar yoshlarga ibrat maktab bo‘lib, vatanparvarlik, insonparvarlik, mardlik, jasurlik, mehnatsevarlik, kamtartrlik, samimiylik, kasbga muhabat, oilani tashkil etish va boshqarish borasida yuksak ma’naviyat maktabi hisoblanib kelmoqda. Shu bois Yangi O‘zbekiston sharoitida kesalarni mustaqillikni mustahkamlash, millatlar o‘rtasida o‘zaro do‘stlik, hamkorlikni yanda targ‘ib etishda faolligi oshib bormoqda. Surxondaryo viloyatida 2022-yilda 192 929 ta nuroniylar bo‘lib, shundan 170 240 tasi o‘zbeklar, 18 226 tasi tojiklar, 2 363 tasi turkmanlar, 990 tasi ruslar, 145 tasi qozoqlar, 23 tasi qirg‘izlar, 2 tasi qoraqolpoqlar va 934 tasi boshqa millat vakillari hisoblanib, bir-biriga hurmat, vatanga sadoqat ruhida istiqomat qilib kelmoqdalar. Nuroniylar e’tibor davlat siyosatining asosiy dasturlardan biri bo‘lib, viloyatda 11 ta ikkinchi jahon urushi ishtirokchilari, mehnat fronti qatnashchilari 1244 ta , afg‘on urushi qatnashchilari 3839 ta, Chernobil AES qatnashchilari 314 tani tashkil etadi [6]. Yurtimizdagi tinchlik-xotirjamlik, o‘zaro mehr-oqibat, hamjihatlik muhiti, davlatimizning o‘z fuqarolariga g‘amxo‘rligidadir. Ayniqsa, keksa avlod vakillariga bo‘lgan munosabat, e’tibor qaratishda. Bu ezgu ishda nafaqat farzandu nabiralar, mahalla-ko‘y, hokimlik vakillari, balki butun xalqimiz faol ishtirok etmoqda. Shaxsan yurtboshimizning ibrati biz, keksalarga, bo‘lgan ehtiromida ham ko‘rinyapti. Bundan ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarilmoqda…. Bu ham bizning baxtimiz» deydi to‘qsondan oshgan, turmushning chuchugidan ko‘ra achchig‘ini ko‘proq totgan, urush dahshatlarini boshidan o‘tkazgan, qisqasi, hayotning baland-pastini ko‘rgan, bugungi dorilamon |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling