«старость и настоящее время: текущая ситуация, тенденции развития и предстоящие проблемы»
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
Download 4.8 Mb. Pdf ko'rish
|
Конференция 13-oktyabr 2022
“Keksalik va hozirgi zamon: mavjud holat, rivojlanish tendensiyalari va istiqboldagi muammolar”
mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami 34 xarajati mavjudligi jamg‘armadan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilib borilishi ham zarur omil hisoblanadi. Oilaning moddiy baquvvatligi oila daromadini mohirona ko‘paytirish va uni xo‘jalik yuritishda mohirona sarflashga ko‘p jihatdan bog‘liq. Tejamkorlik esa oila farovonligini ta’minlovchi muhim moddiy-ma’naviy qadriyat hisoblanadi. Tejamkorlik – xasislik emas, balki uning mazmunida oila mablag‘ini qattiq nazorat qilish, halol mehnat evaziga kelgan pul va ro‘zg‘or anjom-ashyolari, oziq- ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklarni qadrlash, avaylab-asrash, iqtisodiy kamchilikni chuqur bilish, ehtiyotkorlik, nafsni idora etish, “boyvachchalik” ortidan keladigan manmanlikdan o‘zni tiyish, har bir narsadan unumli foydalana bilish mahoratiga ega bo‘lish demakdir. Keksalar oilalarni poydevori, hikmati, aql-tafakkuri, ziynati, toji-tarozisi, kamtarlik, samimiylik, komillik, ibrat namunasi. Shu bois, keksalari oila iqtisodida jamg‘armaning o‘rni hisoblanadi. Keksalar oilaning jami puli, daromadlari va sarf-xarajatlari oila jamg‘armasini himoya qilish, o‘z o‘rnida sarflash manbayidir. Keksalar nazorati tufayli oila ning daromadi, qancha xarajati mavjudligi jamg‘armadan kelib chiqqan holda hisob-kitob qilib boriladi. Oilaning moddiy baquvvatligi oila daromadini mohirona ko‘paytirish va uni xo‘jalik yuritishda mohirona sarflashga ko‘p jihatdan keksalarga bog‘liq. Tejamkorlik esa oila farovonligini ta’minlovchi muhim moddiy-ma’naviy qadriyat hisoblanadi. Keksalarni faolligi natijasida tejamkorlik – xasislik emas, balki uning mazmunida oila mablag‘ini qattiq nazorat qilish, halol mehnat evaziga kelgan pul va ro‘zg‘or anjom-ashyolari, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklarni qadrlash, avaylab-asrash, iqtisodiy kamchilikni chuqur bilish, ehtiyotkorlik, nafsni idora etish, boyvachchalik orqasida bo‘ladigan manmanlikdan o‘zni tiyish, har bir narsadan unumli foydalana bilish mahoratiga ega bo‘lish demakdir. Bugungi kunda mamlakatimiz yangi taraqqiyot yo‘lini belgilar ekan, eng avvalo, inson qadriga munosib e’tibor qaratib, jamiyatimizda yashayotgan har bir insonning orzu maqsadlari hamda niyatlarini ro‘yobga chiqarishga munosib sharoit yaratib berilmoqda. Taraqqiyotimizning yangi bosqichida iqtisodiy rivojlanish, taraqqiyot, ijtimoiy himoya kabi sohalarga katta e’tibor qaratilmoqda. Keksalarni qo‘llab-quvvatlash davlat tizimini yanada takomillashtirish maqsadida qariyalar va faxriylarni ijtimoiy himoyalash, ularning faolligini oshirish, mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishlari uchun shart-sharoitlar yaratish, tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash sohasida katta avlod vakillarining rolini oshirishga katta e’tibor qilinmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi “Keksalar haftaligi”ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi 158-son bayon qarori ham aynan mana shunday ulug‘ maqsadlarni ro‘yobga chiqishiga bag‘ishlangan desak ayni haqiqat bo‘ladi [2]. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling