Statik biokimyо


Gidrolizatdagi oqsil parchalanishining oraliq mahsulotlarini aniqlash


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Gidrolizatdagi oqsil parchalanishining oraliq mahsulotlarini aniqlash
 
 
Ishning bajarilishi:
Gidroliz jarayoni davomida bir necha marta biuret reaktsiyasi qilib ko‘riladi. Buning 
uchun har safar oz miqdorda (5-10 tomchi) gidrolizat olinib, neytrallanadi va biuret reaktsiyasi 
o‘tkaziladi. Biuret reaktsiyasi vaqtida oqsil parchalanishining oraliq mahsulotlari peptonlar 
pushti yoki qizil, oqsillar esa ko‘kish-binafsha rang beradi. Gidroliz tugaganidan keyin gidrolizat 
keyingi ish uchun olib qo‘yiladi.
Nazorat uchun savollar. 
1. Tuxum oqsillarining qaysi biri suvda, qaysi biri tuzda eriydi? 
2. Muskul tarkibida asosan qaysi oqsillar uchraydi? 
3. Oqsil eritmalari qanday tayyorlanadi? 
4. Rangli reaktsiyalar tabiatiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? 
5. Universal reaktsiyalarga qaysi reaktsiyalar kiradi? 
6. O‘ziga xos rangli reaktsiyalarga qaysi reaktsiyalar kiradi? 
7. Biuret reaktsiyasi nimani aniqlashga asoslangan? 
8. Biuret reaktsiyasi vaqtida qanday rang hosil bo‘ladi?
9. Ningidrin reaktsiyasi nimani aniqlashga asoslangan va qanday rang hosil bo‘ladi? 
10.Ksantoprotein reaktsiyasi nimani aniqlashga asoslangan va reaktsiya oxirida qanday 
rang hosil bo‘ladi? 
11. Fol reaktsiyasi yordamida qaysi aminokislotalar aniqlanadi? 
12. Adamkevich reaktsiyasi nimani aniqlashga asoslangan? 
13. Adamkevich reaktsiyasida nima uchun jelatina rang hosil qilmaydi? 
14. Oqsilning izoelektrik nuqtasi deb nimaga aytiladi? 
15.Oqsillarning tuzlanishi deganda nimani tushunasiz? 
16. Oqsil necha gradus temperaturada to‘liq gidrolizga uchraydi? 
17. Nima uchun kuchli kislotali va ishqorli eritmalarda oqsil cho‘kmaga tushmaydi? 
18. Oqsilning suvsizlanishi deganda nimani tushunasiz? 


19. Oqsilning standart eritmalari qanday tayyorlanadi? 
20. Oqsil miqdorini qaysi reaktsiya yordamida aniqlash mumkin? 
21. Gidroliz jarayoni deb nimaga aytiladi? 
22. Triptofanni aniqlash uchun qaysi gidroliz usulidan foydalaniladi? 
23. Kislotali gidroliz natijasida oqsillar qanday o‘zgarishlarga uchraydi? 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling