O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
FIZIOLOGIYA KAFEDRASI
O. R. KARIMOV, SH.O. QURBONOV, M.Z. HALIMOV
UMIMIY VA SPORT BIOKIMYOSIDAN
LABORATORIYA MASHG‘ULOTLARI
(jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat bakalavr yo‘nalishidagi
talabalar uchun
o’quy qo‘llanma)
Qarshi 2013 yil
Taqrizchilar:
Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti
professori, qishloq xo’jaligi fanlari
doktori
I.I.Irnazarov
Mirzo Ulug’bek nomidagiO’zbekiston Milliy
Universiteti Odam va hayvonlar fiziologiyasi
kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari
nomzodi A.
Sh.Qurbonov
Ushbu uslubiy qo’llanma Qarsh davlat universiteti Fiziologiya kafedrasining
2012 yil 2 martdagi №__ sonli bayonnomasi, Tabiatshunoslik
va geografiya
fakulteti o’quv-uslubiy kengashining 2012 yil ___ mardagi majlis qarori hamda
Universitet o’quv-uslubiy kengashining 2012 yil____________
bayonnomasi
bilan nashrga tavsiya etilgan.
STATIK BIOKIMYО
UGLYEVODLAR KIMYOSI
Nazariy tushuncha:
Uglevodlar
tirik organizmlar, ayniqsa o’simliklar olamida keng tarqalgan organik
moddalardan biridir. Ularning asosiy vazifasi hayotiy jarayonlarni energiya bilan ta‘minlash
bilan bir qatorda, nuklein kislotalarning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuningdek
ular ayrim kofermentlar, vitaminlar, antibiotiklar va boshqa biologik faol moddalar biosintezida
asosiy xomashyo hisoblanadi. Ulardan tegishli biokimyoviy
reaktsiyalarda aminokislotalar,
yog’lar va boshqalar sintezlanadi. Uglevodlar oqsillar va lipidlar bilan kompleks hosil qilib
(glikoproteinlar, glikolipidlar) membranalarning tashkil topishida va ular faoliyat ko’rsatishida
ishtirok etadi.
Uglevodlar tarkibi va tuzilio’iga ko’ra uch guruhga bo’linadi:
monosaxaridlar yoki
monozalar, oligosaxaridlar (bulardan tabiatda ko’proq di- va trisaxaridlar uchraydi),
polisaxaridlar (monosaxaridlar asosida hosil bo’lgan yuqori moleulyar biologik polimerlar).