Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, pipetkalar, α-naftolning spirdagi 10% eritmasi,
kontsentrlangan
sulfat kislota, fruktozaning 1% eritmasi, D-glyukoza.
Ishning bajarilishi
Tekshirilayotgan eritmadan 2ml yoki tarkibi uglevodli qattiq moddadan 0,1g olib, 1ml
suvda eritiladi, ustiga α-naftolning 10% spirtli eritmasidan 2 tomchi
tomiziladi va probirka
devoridan ohistalik bilan 1ml kontsentrlangan sulfat kislota qo’yiladi. Sulfat kislotaning zichligi
katta bo’lganligi uchun probirka tagiga cho’kib, suyuqlik ikki qavatga bolinadi. Xuddi shu ikki
qavat chegarasida binafsha rang (halqa) hosil bo’ladi.
3- tajriba. Fruktozani rezortsin yordamida aniqlash.
Fruktozaga xlorid kislota qo’shib qizdirilganda oksimetilfurfurol hosil bo’ladi, bu
mahsulot rezortsin bilan pushti-qizgish rang hosil qiladi. Bu reaktsiya ketogeksozalarni
aldogeksozalardan farqlashga imkon beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: