Statik biokimyо
Kerakli asbob va reaktivlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4- tajriba: Trommer reaktsiyasi
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, pipetkalar, suv hammomi(80 0 C), Selivanov reaktivi (00,5g rezortsin ikki marta suyultirilgan 100 ml xlorid kislotada eritiladi), fruktozaning 1% li eritmasi, D-glyukoza. Ishning bajarilishi: Ikkita probirka olib, ularga rezortsinnig 20% li xlorid kislotadagi 00,5 li eritmasidan 3 ml dan quyiladi, ularning biriga 0,5 ml fruktoza, ikkinchisiga 0,5 ml glyukoza eritmasidan quyiladi.Har ikkala probirka 80 0 li suv hammomiga 8 minut solib qo’yiladi. Bu vaqtda fruktozali probirkadagi suyuqlik qizil rangga kiradi. Mavzu: Monosaxaridlarning qaytaruvchanlik xossalari. Monosaxaridlar ishqoriy muhitda og’ir metall gidroksidlarini, masalan, mis(II)- gidroksidni mis(I)-oksidga, vismut oksidini metall holatgacha, kumush gidroksidni erkin kumushgacha qaytarish xossasiga ega. Bu reaktsiyalar monosaxaridlarni sifat va miqdoriy jihatdan aniqlashda qo’llaniladi. Tarkibida erkin aldegid gruppa bo’ladigan disaxaridlar – maltoza, laktoza va tsellobiozalar ham qaytaruvchi xossaga ega. Bu shakarlarning oksidlanishi ishqoriy muhitda oson, neytral sharoitda qiyinroq, kislotali sharoitda esa juda qiyin boradi. 4-tajriba: Trommer reaktsiyasi Monosaxaridlar ishqoriy muhitda mis(II)- gidroksidini mis(I)- oksidgacha qaytaradi, bu reaktsiya natijasida reaktsiya uchun olingan aldozalarga to’g’ri kelgan kislotalar hosil buladi: CuSO 4 + 2NaOH=Cu(OH) 2 +Na 2 SO 4 O O C-H C- OH H - C-OH H - C-OH OH -C-H + Cu(OH) 2 HO-C-H + Cu 2 O + H 2 O H - C-OH H - C-OH H - C-OH H - C-OH CH 2 OH CH 2 OH d-glyukoza -glyukonat kislota Reaksiya mahsuloti sifatida qizil rangli mis(I)- oksid hosil bo’ladi. Bu reaktsiyaning kamchiligi shundaki, agar tekshirilayotgan eritmada shakar juda oz bo’lsa, ortiqcha miqdorda hosil bo’lgan mis(II)- gidroksid qizdirilganda parchalanib, qora rangli mis(II)- oksidiga aylanadi. Natijada juda oz miqdorda hosil bo’lgan qizil rangli mis(I)- oksid sezilmaydi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling