29-tajriba. Kraxmalni fermentlar va kislotalar ta’sirida gidrolizlash.
Kraxmal fermentlar ta‘sirida, +37
0
C da, bir necha minutda, disaxarid-maltozagacha
parchalanadi.
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, kraxmalning 0,3 M natriy xloriddagi 1% li
eritmasi, 10 marta suyultirilgan so’lak, 10% li xlorid kislota, gaz gorelkasi yoki spirt lampa,
distillangan suv.
Ishning bajarilishi:
3 ta probirkaga kraxmalning 0,3 M natriy xloriddagi 1% li eritmasidan 10 tomchidan
quyib, birinchisiga10 marta suyultirilgan so’lakdan 5 tomchi, ikkinchisiga 10 % xlorid kislota
eritmasidan 5 tomchi, uchinchisiga 5 tomchi suv (nazorat) quyib, uchala probirka 38° suv
hammomida 10 minut davomida isitiladi. Kursatilgan vaqt o'tgandan keyin probirkalardagi
suyuqliklarni ikkiga bo’lib, bir qismi bilan Trommer reaktsiyalari qilib ko'riladi. Tajribalarning
natijalari jadvalga tushirib boriladi.
№
Substrat
Katalizator
Temperatura
Kraxmalning
yod bilan
reaktsiyasi
Trommer
reaktsiyasi
Xulosa
Mavzu: Fermentlarning spetsefikligi.
Fermentlarning spetsifikligi ularning ma’lum bir substratga yoki kimyoviy bog‘ga
ta’sirida namoyon bo‘ladi. Masalan, amilaza faqat kraxmalni maltozagacha parchalasa, saxaroza
yoki laktozaga ta’sir ko‘rsatmaydi. Achitqi hujayrasidagi saxaroza esa laktoza yoki kraxmalni
parchalamaydi, faqat saxarozani glyukoza va fruktozaga gidrolizlaydi. Ferment bilan substrat
orasidagi o‘zaro aloqaning o‘ziga xosligining asosiy sababi ferment faol markazining strukturasi
bilan substrat molekulasining fazoviy tuzilishi orasidagi monandlikdir.
30-tajriba. Fermentlarning o‘ziga xosligi
Fermentlarning eng muhim xusussiyatlaridan biri, ulardan har birining ta’siri o‘ziga
xosligidir.
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ (probirkalari bilan), pipetkalar, suv hammomi,
kraxmalni 1% eritmasi, saxarozaning 1% eritmasi, 5 martasuyultirilgan so‘lak, achitqi, Lyugol
eritmasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |