Statik biokimyо
Kerakli asbob va reaktivlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
- Kerakli asbob va reaktivlar
Kerakli asbob va reaktivlar: 100 ml yumloq tubli kolba, menzurka, shisha nay
o’rnatilgan probirka yoki qaytar sovitgich, shtativ (qisqichlari bilan), gaz garelka yoki spirt lampa, pipetkalar, 1 % tuxum oqsili eritmasi, mis (II) – sulfatning 1 % eritmasi. Ishning bajarilishi: Gidroliz uchun 2 ta yumaloq tubli kolbacha 20 ml dan 1 % li tuxum oqsili va 5 ml dan kontsentrlangan zichligi 1,18 g/sm 3 ga teng shisha nay o’tkazilgan probka bilan berkitiladi va uni azbestli, sim turli shtativga o’rnatiladi, mo’rili shkaf ichida 45-90 minut davomida qaynatiladi. Gidroliz jarayoni davomida bir necha marta biuret reaktsiyasi qilib ko’riladi. Buning uchun har safar oz miqdorda (5-10 tomchi) gidrolizat olinib, neytrallanadi va biuret reaktsiyasi o’tkaziladi. Biuret reaktsiyasi vaqtida oqsil parchalanishining oraliq mahsulotlari peptonlar pushti yoki qizil oqsillar esa ko’kish-binafsha rang beradi. Gidroliz tugaganidan keyin gidrolizat keyingi ish uchun olib qo’yiladi. 27-tajriba. Нayvon to‘qimalaridagi DNK miqdorini aniqlash. Hayvon to’qimalari tarkibidagi nuklein kislotalarni aniqlash bo’yicha olingan bilimlarni mustahkamlash va bu usul bilan tanishish, ishni amalda bajarishni o’rganish. RNK tarkibidagi pentoza Ortsin reaktivi bilan rangli birikma hosil qiladi. Rangning optik zichligi kalorimetrda o’lchanadi va o’lchov egri chizigidan RNK miqdori topiladi. Kerakli asbob va reaktivlar: Ortsin eritmasi, distillangan suv probirkalar, shtativlar, pipetkalar, FEK, 0,5 sm li qalinlikdagi kyuvetalar, DNK yoki RNK ning suvli eritmasi. Ishning bajarilishi: 1. Tekshiruv tajriba probirksiga 1 ml RNK eritmasi va 2 ml ortsin reaktivi solinadi. Nazorat probir-kasiga esa 1 ml distillangan suv va 2 ml ortsin reaktivi solinadi. Ikkala probirka suv xammomida 20 dakika tutib turiladi. Bir ozdan sung eritmalar sovitilib, FEK ning kizil nur filtrida nazorat probirkasi karshisida optik zichlik topiladi. RNK ning mikdori ulchov egri chizigidan aniklanadi. 2. Ulchov egri chizigini tayyorlash. 3 ta probirkaga 1 ml dan 50, 100, 200 mkg/ml RNk eritmasi va 2 ml dan ortsin reaktivi solib, yukoridagidek suv xammomida kizdiriladi. 20 dakika utgach, eritmalar sovitilib, FEK da ularning optik zichligi aniklanadi. Abtsissa ukiga RNK ning mikdori, ordinata ukiga esa optik zichlik keltirib, ulchov egri chizigi tuziladi. Daftaringizga usulning asosini, ulchov egri chizigini va aniqlangan RNK miqdorini yozing. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling