Statik biokimyо
v) riboza va dezoksiribozaga xos Trommer reaktsiyasi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
v) riboza va dezoksiribozaga xos Trommer reaktsiyasi. 5 tomchi gidrolizat olib, unga
30% NaOH eritmasidan 10 tomchi qo’shib, mis (II)-gidroksid loyqasi hosil bo’lguncha 7% mis (II)-sulfat eritmasidan tomiziladi. Suyuqlikni aralashtirib, qaynaguncha qizdiriladi. Riboza yoki dezoksiriboza mis (II)- oksidini qizil rangli mis (I)-oksidiga qaytarganligi uchun qizg’ish loyqa hosil qiladi. g) fosfat kislotaga xos molibden bilan qilinadigan reaktsiya. 20 tomchi molibden reaktiviga 2-3 tomchi gidrolizat qo’shib, bir necha daqiqa qizdiriladi. Agar gidrolizatda fosfat kislota bo’lsa, suyuqlik limon sarig’i rangiga kiradi. Sovitilgan sariq kristall cho’kma paydo bo’ladi. Mavzu: Kazeinni gidroliz qilish va gidrolizatdagi fosfat kislotani aniqlash . Laboratoriya sharoitida ko’pincha oqsillarni kislotali gidroliz qilish usuli keng qo’llaniladi. Lekin bu vaqtda triptofan to’la, serin, treonin, tsistein, tirozin va fenilalanin qisman parchalanadi. Shunga qaramasdan, parchalangan aminokislotalarning foiz miqdori kam bo’lganligi uchun asosan kislotali gidroliz usulidan foydalaniladi. Ishqoriy gidroliz vaqtida ko’pchilik aminokislotalar parchalanadi-yu, faqat triptofan deyarli o’zgarishsiz qoladi. Shuning uchun ishqoriy gidroliz oqsil molekulasidagi triptofan miqdorini aniqlash uchun qo’llaniladi. 26-tajriba. Oddiy oqsilni kislota ta‘sirida gidrolizlash va gidrolizatdagi oqsil parchalanishining oraliq mahsulotlarini aniqlash. Kislotali gidroliz vaqtida oqsillar avvalo yuqori molekulyar peptidlarga, so’ngra kichik molekulali peptidlarga va nihoyat erkin aminokislotalargacha parchalanadi. Oqsilni to’la gidroliz qilish uchun havo sovitgichi bilan jihozlangan kolbachada yoki og’zi zich berkitilgan ampulalarda xlorid, sulfat kislota ishtirokida olib boriladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling