Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

 Nazorat uchun savollar: 
1. Nuklein kislotalar gidrolizga uchraganda qanday mahsulotlar hosil bo’ladi? 
2. Purin asoslari qanday aniqlanadi va qanday rangga kiradi? 
3. Fosfat kislotani qaysi reaktiv yordamida aniqlanadi va qanday rangga kiradi? 
4. Riboza va dezoksiriboza qaysi reaktsiya yordamida aniqlanadi va qanday rangga kiradi? 


5. Nuklein kislotalar qanday to’qimalarda bo’ladi? 
6. DNK ni aniqlash uchun qanday reaktivlar ishlatiladi? 
7. Fosfat kislotani qaysi reaktiv yordamida aniqlanadi? 
8.RNK va DNK qaysi reaktsiya yordamida aniqlanadi? 
9.Gidroliz jarayoni deb nimaga aytiladi? 
10. Triptofanni aniqlash uchun qaysi gidroliz usulidan foydalaniladi? 
11. Kislotali gidroliz natijasida oqsillar qanday o’zgarishlarga uchraydi? 
 
FERMENTLAR KIMYOSI 
 
Nazariy tushuncha: 
Fermentlar kimyoviy reaktsiyalarni tezlashtiruvchi biologik katalizatorlar bo’lib, tabiatiga 
ko’ra eng yuqori darajada ixtisoslashgan oqsil moddalardir. Ular hujayra, to’qima va organizmlar 
hayotiy jarayonlarining asosi bo’lgan minglab kimyoviy reaktsiyalarni tezlashtiradi va 
organizmning o’z hujayralarida sintez qilinadi. Fermentlar hayot jarayonida to’xtovsiz 
yangilanib, zaruriy me‘yorida bevosita tayyorlanib, hayotning uzluksiz kechishini ta‘minlaydi. 
Fermentlar tirik organizmlarning barcha hayotiy jarayonlarida va fiziologik 
funktsiyalarning hamma tomonlarida ishtirok etadi. Ovqat hazm qilish, mexanik ish bajarish, 
tashqi va ichki ta‘sirga javob berish, hujayra va to’qimalardagi hayotiy jarayonlarning fiziologik 
va avtonom boshqarilishi, moddalar va energiya almashinuvi, irsiy axborotlarning tashilishi, 
hujayra komponentlarining yangilanishi, turli organizmlar uchun begona va zaharli bo’lgan 
moddalarning zaharsizlantirilishi kabi hayotni ta‘minlovchi biologik jarayonlarning barchasi 
fermentlar faoliyati bilan bog’liq.
Kofermentlarning kimyoviy tuzilishini o’rganish ularning ko’pchiligi vitaminlardan 
iborat ekanligini tasdiqladi. Bir qator kofermentlar tarkibiga vitamin B
1
(tiamin), B
2
(riboflavin), 
B
6
(piridoksal), PP (nikotinat kislota amidi), biotin, pantotenat kislota, folat kislota, vitamin B
12
(kobalamin), vitamin C (askorbat kislota), lipoat kislota va boshqalar kiradi. Vitaminlarning 
ba‘zilari o’zgarmagan holda, ikkinchilari ma‘lum modifikatsiyalarga uchragan (ko’pincha, fosfat 
kislota bilan faollangan), uchinchilari esa boshqa komponentlar bilan birikkan holda enzimning 
faol gruppasini tashkil qiladi. Yuqorida keltirilgan vitaminlariing barchasi suvda eriydigan 
vitaminlar qatoriga kiradi, ularning ferment faolligida qatnashuvi bu biokatalizatorlarning 
biologik funktsiyasini belgilasa kerak. Ammo yogda eriydigan vitaminlar (A, D, E, K) ning 
kofermentlik funktsiyasi va umuman, ularning biologik jarayonlarda ishtirok etish yo’li aslida 
hozircha aniq ma‘lumot yo’q. Kofermentlarni fermentativ reaktsiyadagi funktsiyalari asosida 
quyidagi gruppalarga bo’lish mumkin: 
1) vodorod va elektron tashuvchi kofermentlar — bu gruppaga oksidoreduktaza sinfiga 
taalluqli fermentlar bilan bogliq nikotinamidli kofermentlar, flavinli kofermentlar, lipoat kislota 
va glutation kiradi; 
2) gruppalarni kuchiruvchi kofermentlar — bular qatoriga transferazalzr sinfi bilan 
bog’liq bo’lgan adenozintrifosfat, uglevod fosfatlari, apetillash (atsillash) kofermenti, 
tetragidrofolat kislota hamda piridoksal fosfat va piridoksamin fosfat kiradi
3) sintez, izomerlanish va uglerod — uglerod boglarini uzuvchi kofermentlar — bu 
gruppaga liazalar, izomerazalar va ligazalar sinfiga oid fermentlar bilan bogliq bo’lgan 
tiaminpirofosfat, biotin va kobamidli kofermentlar kiradi. Kofermentlar orasida eng ko’p 
tarqalgani nukleotid tipidagi birikmalar, kobamidli kofermentlar va metalloporfirinlardir. 
 Fermentlar oltita sinfga bo’linadi. Bu sinflarning har biri past va past-past sinflarga 
bo’linadi. Bunda kofermentlarning tabiati, izomerizatsiya tipi gidrolizlanadigan bog’larning turi 
va boshqalar hisobga olinadi. Bunday klassifikatsiya individual fermentlarni 4 ta sondan iborat 
shifr yordamida identifikatsiyalashni talab qiladi. Birinchi raqam ushbu ferment olti sinfdan 
qaysi sinfga taaluqli ekanini bildiradi. Ikkinchi va uchinchi raqamlar past va past-past sinflarni, 
to’rtinchi raqam esa fermentning ushbu past-past sinfidagi tartib raqamini anglatadi.


Quyida keng tarqalgan bir necha ferment guruhlari haqidagi qisqacha ma‘lumotni keltirib 
o’tamiz. 
1. Oksidorеduktazalar oksidlanish-qaytarilish reaktsiyalarini katalizlaydi. Bu sinfga 
barcha digedrogenazalar, oksidazalar, piroksidazalar, tsitoxromreduktazalar kiradi. 
2. Transferazalar turli ximiyaviy gruppalar va qoldiqlarning molekulalararo 
ko’chirilishini katalizlaydi. Bu sinfga quyidagi asosiy ferment gruppalari kiradi: 
Aminotransferazalar (transaminazalar), fosfotransferazalar, atsiltransferazalar. Bu 
fermentlar koenzim A ishtirokida funktsionirlanadi.
3. Gidrolazalar sinf fermentlari molekulalari ichida boglarni uzish yo’li bilan har xil 
birikmalarning gidroliz jarayonlarini ta‘minlaydi. Bu jarayon suv ishtirokida boradi. Bunga 
fermentlarnig katta gruppasi, shu jumladan me‘da-ichak yo’lining fermentlari amilaza, pepsin, 
lipaza, fosfataza, nukleotidaza va boshqalar kiradi. 
4. Liazalar sinfiga substratdan CO
2
ning ajralishini katalizlaydigan dikarboksilaza 
fermentlari 
masalan, 
(atsetoatsetat 
kislotani 
atseton 
va 
CO
2
ni 
parchalovchi 
atsetoatsetatkarboksilaza); lizin aminokislotasini dekarboksillab, kadaverinni hosil qiluvchi, 
yo’gon ichakda topilgan lizinkarboksilaza va boshqalar kiradi. 
5. Izomyerazalar - fermentlar substratlarning o’zaro aylanishini (biri ikkinchisiga 
o’tishini) katalizlaydi. Masalan, glyukofosfatizomeraza glyukozo-6-fosfatdan fruktoza 6-fosfat 
hosil bo’lishini ta‘minlaydi, arabinozo-izomeraza arabinozani ribulozaga aylantiradi, bu 
fermentlar ishtirokida L-izomerlar D formaga o’tadi va boshqalar. 
6. Ligazalar sinf fermentlari barcha sintez reaktsiyalarida ishtirok etadi. Masalan, ular 
aktivlashgan aminokislotalarning t-RNK ga qo’shilishini, shuningdek, peptidlarning hosil 
bo’lishini katalizlaydi va boshqalar. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling