Statik biokimyо
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31-tajriba. Ferment faolligiga temperaturaning ta’siri.
Ishning bajarilishi: 4 ta probirka olib, 2 tasiga 10 tomchidan 1% kraxmal, qolgan 2 tasiga 10 tomchi 1% saxaroza eritmasi qo‘yiladi. 1- va 3- probirkalarga 5 marta suyultirilgan so‘lakdan 5 tomchidan, 2- va 4- probirkalarga 5 tomchidan achitqi shirasidan qo‘yib, 38°C suv hammomiga 10 minut qo‘yiladi. Ko‘rsatilgan vaqt o‘tgandan keyin birinchi ikkita probirkadagi aralashmaga yod ta’sir ettiriladi. 3-4-probirkalardagi suyuqlik bilan Trommer reaktsiyasi qilinadi. Rangli reaktsiyalarning natijasiga qarab fermentlarning o‘ziga xosligi tug‘risida xulosa chiqariladi va jadval ko‘rinishida qayd etiladi. Probirka Ferment Substrat Kontrol reaktsiyalari Yod bilan reaktsiyalari Trommer reaktsiyalari 1 Amilaza Kraxmal 2 Saxaraza Kraxmal 3 Amilaza Saxoroza 4 Saxaraza Saxaroza Mavzu: Fermentlar faolligiga ta’sir qiluvchi omillar. Fermentlar faolligiga ferment va substratning kontsentratsiyasidan tashqari enzimatik reaktsiyaning ishtirokchilari, ya’ni temperatura, vodorod ionlari kontsentratsiyasi, aktivatorlar va paralizatorlar ham asosiy ta’sir qiluvchi omillar hisoblanadi. Bu omillarning ferment katalitik faolligiga ta’sir qilish mexanizmi enzimning aktiv markazi shakllanishiga, fermentativ reaktsiyaning asosiy sharti bo’lgan ferment bilan substratning kompleks hosil qilishi uchun sharoit yaratilishiga bog’liq. 31-tajriba. Ferment faolligiga temperaturaning ta’siri. Har qanday katalitik reaktsiyalar singari fermentativ reaktsiyaning tezligi temperatura ko’tarilishi bilan ortadi. Lekin boshqa sun’iy anorganik katalizatorlardan farq qilib, fermentlar faolligining ortishi 40-45°C gacha davom etadi. 50-60°C lardan boshlab faolligi birdaniga pasaya boshlaydi, 70-75°C da ferment denaturatsiyalanib, faoliyatini tuxtatadi. Fermentlarning temperaturaga chidamsizligi ularning oqsil tabiatga ega ekanligi bilan belgilanadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling