Statik biokimyо
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
GORMONLAR KIMYOSI
Nazariy tushuncha: Gormonlar hujayra va organlarni qo’zg’atib, organizmda kechadigan biologik jarayonlarni boshqarilishini ta‘minlaydi. Gormon grekcha «hormao» so’zdan olingan bo’lib, tebrataman, qo’zg’ataman degan ma‘noni anglatadi. Gumoral, ya‘ni organizmning suyuqliklar orqali bo’ladigan o’zaro kelishish munosabatlari asosan gormonlar faoliyatiga bog’liq. Gormonlar ichki sekretsiya bezlarining mahsuloti bo’lib, ular to’g’ridan-to’g’ri qonga qo’yiladi. Ichki sekretsiya bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez, qalqon oldi bezlari, buyrak usti bezlari, oshqozon osti bezining alohida qismi, jinsiy bezlar va boshqalar kiradi. Ular fermentlarni faollab yoki pasaytirib, membranalarni o’tkazuvchanligini o’zgartiradi. Ularning faoliyati markaziy nerv tizimi orqali boshqarilib turadi. Ayrim gormonlarning qondagi miqdori kamayib ketsa ularning ishlashiga signal bo’ladi. Ma‘lum gor-monlarning faoliyati gipofiz tomonidan ishlanadigan trop gormonlar orqali boshqarilib turiladi. Gormonlar kimyoviy tabiati bo’yicha bir necha guruhga bo’linadi. Ko’pchilik gormonlar oqsillar, polipeptidlar, ayrimlari aminokislotalarning hosilalari, ayrimlar steroid tuzilishga egadir. Gormonlar toza holda ajratilib olinmagan. Ayrim oqsil tabiatga ega bo’lmagan gormonlar oqsillar bilan birikib, ularning turg’unligi, faolligi oshib shu holatda ko’chiriladi. Ularning faolligi benihoya kattadir. Masalan, adrenalinning 1 kg og’irlikka 0,00001 mg bo’lsa faolligi bilinadi. Gormonlar qonda ko’pchiligi periferik organlarda (masalan, jigarda) parchalanadi. Oqsil tabiatga ega bo’lgan gormonlar. Oshqozon osti bezining gormonlari yoki pankreas ikkita alohida funktsiyaga ega. U ingichka ichakka maxsus chiqarish yo’li orqali qo’yiladigan, tarkibida ovqat hazm qilish fermentlari bor shira ishlab chiqaradiki, bu uning tashqi sekretsiyasi va bevosita qon oqimiga qo’yiladigan kamida ikkita gormon ishlab chiqaradi. Bular oshqozon osti bezining Langergans orolchalarida ishlab chiqariladigan insulin va glyukagondir. Glyukagon oqsil tabiatli bo’lib, 29 aminokislota qoldg’idan iborat bo’ladi. Uning ta‘siri insulinga teskari, ya‘ni qondagi qand miqdorini oshiradi. Glikogenni parchalanishini tezlashtiradi. Lekin to’qimalardagi glikogenga ta‘sir qilmaydi. Oqsil tabiatli gormonlarga gipofiz, adrenokortikotrop, tireotrop, qalqonsimon va qalqon oldi bez va buyrak usti bezi gormonlari kiradi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling