Statik biokimyо
Kerakli asbob va reaktivlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Sulfat kislota bilan qilinadigan reaktsiya
- Mavzu: C vitaminga xos sifat reaktsiyalari.
Kerakli asbob va reaktivlar: shtativ, probirkalar, pipetkalar, baliй moyi, surma (III)-
xloridning xloroformdagi to’yingan eritmasi, sirka angidrid, xloroform, kontsentrlangan sulfat kislota, A vitaminning xloroformdagi 0,05 % eritmasi, temir (II)- sulfatning sirka kislotadagi to’yingan eritmasi. Ishning bajarilishi. Surma (III)- xlorid bilan qilinadigan reaktsiya Quruq probirkaga 2-3 tomchi baliq moyi tomizib, 4-5 tomchi surma (III)- xloridning xloroformdagi to’yingan eritmasidan qo’shiladi. Aralashma ko’k rangga bo’yaladi, sekin- asta pushti binafsha rangga o’tadi. Agar probirka nam bo’lsa, suvni yuqotish uchun 1-2 tomchi sirka angidrid qushish mumkin. Sulfat kislota bilan qilinadigan reaktsiya Bir tomchi baliq moyi 4-5 tomchi xloroformda eritiladi va 1 tomchi kontsentrlangan sulfat kislota tomiziladi. Aralashma ko’k rangga kirib, tezda qoramtir-qizil rangga o’tadi. Bu reaktsiya kontsentrlangan sulfat kislota A vitamindan suv tortib olishi hisobiga turli xil rangli modda hosil qilishiga asoslangan. Temir (II)- sulfat bilan qilinadigan reaktsiya 1-2 tomchi baliq moyi yoki A vitaminning 0,05 % xloroformdagi eritmasidan olib, 5-10 tomchi FeSO 4 ning muz-sirka kislotadagi to’yingan eritmasidan tomiziladi, unga 1-2 tomchi kontsentrlangan sulfat kislota qo’shiladi. Aralashma ko’k rangga kirib, sekin- asta pushti qizil rangga o’tadi. Karotinlar bu reaktsiyada yashil rang beradi. Mavzu: C vitaminga xos sifat reaktsiyalari. C vitamin-nordon mazali, rangsiz kristall modda. U suvda eriydigan vitaminlar ichida qizdirishga eng chidamsizi hisoblanadi. Ovqat tayyorlash jarayonida uning ko‘p qismi kislorod ishtirokida parchalanib ketadi. Shuningdek, u og‘ir metallar-temir, mis, kumush va boshqalar tuzi ishtirokida ham oson oksidlanib parchalanishi tezlashadi. Askorbat kislota-moddalar almashinuvida, ayniqsa oqsillar o‘zlashtirilishida, biriktiruvchi to‘qimalarni normal holatda tutib turishda va tiklanishda muhim ahamiyatga ega. Organizmda C vitamin yetishmasa, qon tomirlari devorining o‘tkazuvchanligi ortadi, tog‘ay va suyak to‘qimalari strukturasi buziladi, natijada lavsha (singa) kasalligi ro‘y beradi. Organizmda askorbat kislota hosil bo‘lmaydi va to‘planmaydi. Organizm o‘ziga zarur bo‘lgan C vitaminni (kattalarning bir kunlik ehtiyoji 60-108 mg, bolalarniki 30-70 mg) oziq-ovqatlar bilan olib turadi. Organizmning unga bo‘lgan kundalik ehtiyoji karam, kartoshka, ko‘k piyoz, pomidor va boshqalar hisobiga qondiriladi. Askorbat kislota ko‘k chuchuk qalampir, qizil qalampir, qora smorodina, xren, qulupnay, shovul, limon, apelsin va boshqa ko‘pgina o‘simlik mahsulotlarida anchagina miqdorda bo‘ladi. Askorbat kislotaning tabiiy konsentrat na'matakdir(100 g quritilgan na'matak mevasida 1500 mg gacha C vitamin bor .) C vitamin gipovitaminozida qon tomirlari, ayniqsa kapillyarlar o‘tkazuvchanligi buzilib, teri ostiga qon quyilishi, milkdan qon ketishi kuzatiladi, bu kasallik singa yoki skorbut kasalligi deb ataladi.Odam singa bilan kasallanganda gialuronat kislota va maxsus oqsil-kollagen biosintezi ham buziladi. Bu, o‘z navbatida, suyak to‘qimasining shikastlanishiga, tishlar mo‘rt bo‘lib, tezdan tushib ketishiga sabab bo‘ladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling