Statik biokimyо
-tajriba. Insulin va adrenalining qondagi qand miqdoriga ta'siri
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jihozlar va reaktivlar
- Ishning bajarilishi 1) Insulinning qondagi qand miqdoriga tasiri
- Adrenalininng qondagi qand miqdoriga tasiri
37-tajriba. Insulin va adrenalining qondagi qand miqdoriga ta'siri.
Buyrak usti bezlarining mag‘iz qismidan ajraladigan gormon adrenalin ta'sirida jigardagi glikogenning parchalanishi zo‘rayib, qonda qand miqdori ko‘payadi. Bunga adrenalin giperglikmiyasi deyiladi. Qondagi qand miqdori 170 mg % ga yetib, undan ham oshib ketganda qand siydik bilan chiqa boshlaydi. Bunga adrenalin glyukozuriyasi deyiladi. Oshqozon osti bezi Langergans orolchalaridan ajraladigan insulin gormoni ta'sirida aksincha jigardagi glikogenning sintezlanishi zo‘rayib, qonda qand miqdori kamayadi. Bunga insulin gipoglikemiyasi deyiladi. Kerakli jihozlar va reaktivlar: Probirkalar, kolbachalar, voronka, mikropipetka, mikrobyuretka, pipetka, paxta, suv hammomi, quyon, shprits (ignasi bilan), rux sulfatning 0,45 % li eritmasi, natriy ishqorning 0,1 % li eritmasi, giposulfitning (Na 2 S 2 O 3 ) 0,005 normal eritmasi, natriy ishqorning 10 % li eritmasi, qizil qon tuzining 0,005 normal eritmasi (2,65 g kimyoviy toza kaliy temir 3 sianid bir oz distillangan suvda eritilib, ustiga natriy karbonat tuzidan 10,6 g solib eritiladi, ular to‘liq eriganidan keyin eritma hajmi 1 l ga yetguncha distillangan suv solinadi va rangli shisha idishda saqlanadi), kraxmalning 1 % li eritmasi, atsetat kislotaning 3 % li eritmasi, natriy xlorid, rux sulfat va kaliy yodid tuzlari eritmalari, insulin, fiziologik eritma, glyukozaning 40 % li eritmasi, adrenalin (1:1000) glyukoza (kukuni). Ishning bajarilishi 1) Insulinning qondagi qand miqdoriga ta'siri. Quyonning og‘irligi o‘lchangandan keyin, uning qulog‘idan qon olib qand miqdori aniqlanadi. Uning qonidagi qand miqdorini sezilarli darajada kamaytirish uchun har bir kg tana massasi nisbatan 1,5 birlik insulin yuborish kerak. Tibbiyotda qo‘llaniladigan preparatining har 1 ml da 20-40 birlik insulin bo‘ladi. Quyon og‘irligi 2 kg bo‘lsa, 3 birlik insulin kerak. Bu miqdor 1 ml da 20 birlik insulin bo‘lgan preparatning 0,15 ml ga teng. Odatda insulin preparatidan shprits bilan 0,15 ml olish qiyin, shuning uchun uni fiziologik eritma bilan 10 marta suyultirib, keyin undan 1,5 ml olib, quyon terisi ostiga yuboriladi. Shundan so‘ng 45-60 minut o‘tgach quyon qulog‘idan qon olib, yana qand miqdori aniqlanadi. Birinchi marta olingan qondagi qand miqdoriga nisbatan ikkinchi marta olingan qondagi qand miqdori oz bo‘ladi. Agar insulin yuborilgandan keyin quyon titrab, o‘ladigan holga kelsa, qonda qand miqdori juda kamayganligini ko‘rsatadi. Bunday holda uning quloq venasi orqali tezda 10-15 ml 40 % li glyukoza eritmasi yuborish zarur. 2) Adrenalininng qondagi qand miqdoriga ta'siri. Yuqorida aytib o‘tilgan tartibda quyondan qon olib, qand miqdori aniqlanadi. Quyon qonidagi qand miqdori sezilarli darajada ko‘payishi uchun uning har bir kilogrammiga adrenalinning odatdagi 1:1000 eritmasidan 0,3 ml yuborish kerak. Quyonning og‘irligiga mos ravishda adrenalinning miqdorini hisoblashni osonlashtirish uchun uning odatdagi eritmasidan 3,7 ml olib, 6,3 ml fiziologik eritma bilan suyultiriladi. Shunda quyonning har 1 kg og‘irligiga tayyorlangan adrenalin eritmasidan 1 ml yuboriladi. Quyon terisi ostiga tegishli miqdorda adrenalin eritmasi yuborilgandan keyin 30 minut o‘tgach, quyon qulog‘idan qon olib yana qand miqdori aniqlanadi. Birinchi marta olingan qondagi qand miqdoriga nisbatan ikkinchi marta olingan qondagi qand miqdori ko‘p bo‘ladi. 3) yeyilgan qandning qondagi qand miqdoriga ta'siri. Ma'lumki, ovqat bilan qabul qilingan uglevod ta'sirida pankreasdan ko‘proq insulin ajrala boshlaydi. Bu o‘z navbatida jigar va muskuldagi glikogenning sintezlanishini, to‘qimalarda uglevodlarning oksidlanishini tezlashtirib, qondagi qand miqdorini kamaytiradi. Shunga asoslanib kishilarga ma'lum miqdorda uglevod berib, qondagi qand miqdorini aniqlash yo‘li bilan jigar glikogenining sintezlanishi va pankreasning insulin ajratish funksiyasi holatini bilish mumkin. Odatda odamga 100 gramm glyukoza yoki saxaroza yoki 40 gramm galaktoza berilganda uning qonidagi qand miqdori ko‘payadi. Lekin bunga javoban pankreasdan tegishli miqdorda insulin ajralib, 1-1,5 soat ichida qondagi qand miqdori qaytadan normal holatga keladi. Agar jigar yoki pankreas kasallanib, ularning funksiyasi buzilgan bo‘lsa, yuqorida ko‘rsatilgan miqdorda uglevod berilsa, qand miqdori ko‘payib, 2-3 soat ichida ham me'yorga qaytib kelmaydi. Chunki, pankreas kasal bo‘lsa, yeyilgan uglevodlarga javoban yetarli miqdorda insulin ajralmaydi; jigar kasal bo‘lsa, yetarli miqdorda insulin ajralsa ham jigarda glikogen sintezlanmaydi. Nonushtadan oldin, nahorda jigar yoki pankreas funksiyasini tekshirish kerak bo‘lgan kishi barmog‘idan qon olib, qand miqdori aniqlanadi. Shundan so‘ng 100 gramm glyukoza yoki saxaroza yoki 40 gramm galaktozani 400 ml suvda eritib ichiriladi va har 15 minutda shu kishining barmog‘idan qon olib qand miqdori aniqlanadi. Tekshirish 2 soat davom etadi. Shu vaqt ichida aniqlangan qondagi qand miqdoriga asoslanib quyidagicha egri chiziq hosil qilinadi. 2-rasm. Qondagi qand miqdorini ko‘rsatuvchi egri chiziq Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling