Statik biokimyо
Organizmda uglevodlarning o‘zgarishi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
Organizmda uglevodlarning o‘zgarishi.
Ichakdan qonga o‘tgan glyukozaning bir qismi to‘qima va hujayralarning ehtiyoji uchun parchalanib energiya bersa, ikkinchi qismi jigarga borib zahira holdagi uglevod-glikogenga aylanadi. Bu jarayonda ya'ni glikogen hosil bo‘lishida glyukoza fosforlanadi, ya'ni fosfat kislotani o‘ziga biriktirib oladi. Katta yoshdagi odamlarda glyukozaning umumiy miqdori 150- 200g atrofida bo‘ladi. Qonga glyukoza asta-sekin berib borilsa, uning qondagi miqdori ko‘paymasdan ortiqcha glyukoza glikogenga aylanaveradi. Agar qonga glyukoza ko‘p miqdorda yuborilsa hamda tez so‘riladigan uglevodlar ko‘plab iste'mol qilinsa, qonda glyukoza miqdori ko‘payib ketadi va buni giperglikemiya deyiladi. Bunday paytlarda glyukoza siydik bilan qo‘shilib ajratila boshlaydi. Bu holatni glyukozuriya deb ataladi. Odatda glyukozuriya qonga glyukoza miqdorining 150-180 mg % oshganida ro‘y beradi. Uglevodlar almashinuvida jigar muhim ahamiyatga ega. Bu o‘rinda aytib o‘tilganidek, uning asosiy funksiyasi, qopqa vena orqali keladigan qon bilan monosaxaridlardan glikogenni sintez qilishi, ya'ni glikogenezdan iborat. Agar ovqat bilan kiradigan yoki qonga beriladigan glyukoza kamaysa zaxira holdagi glikogen parchalanib glyukoza hosil qilinadi, bu jarayonni glikogenoliz deb ataladi. Jigarda glikogen miqdori organizmning ovqat rejimiga bog'liq, odatda jigar massasining 3-5% ni glikogen tashkil qiladi. Odam och qolsa, jigarda glikogen miqdori keskin kamayib ketadi, lekin u batamom yo'qolmaydi. Agar iste'mol taomlarda uglevodlar butunlay bo‘lmasa yoki juda kam bo‘lsa glikogen ovqatning boshqa kompanentlaridan ham hosil bo‘lishi mumkin. Aminokislotalardan glikogen hosil bo‘lish jarayonini glikoneogenez deb ataladi. Uglevodlarning tanada o‘zlashtirilishi natijasida jigarga 3 xil monosaxarid, ya'ni glyukoza, fruktoza va galaktoza o‘tadi. Qopqa venasidan o‘tadigan qondagi qayd qilingan monosaxaridlarning bir qismi glikogenga aylansa, qolgan qismi to‘g'ridan -to‘g'ri qon bilan jigar orqali oqib o‘tadi. Turli sabablarga ko‘ra qon tarkibida glyukoza kamaysa u jigardagi glikogen parchalanishidan qonga o‘tadi va qonga glyukoza miqdori yuqorida qayd qilinganidek bir xil saqlanadi. Yana tanadagi muskullarda ham glikogen to‘planadi. Barcha muskullardagi umumiy glikogen miqdori 1-2 % dan oshmaydi. Muskullardagi glikogen ham mo‘l-ko‘l ovqatlanishda ko‘payib, ochlik holatida kamayib ketadi. Yana muskullar ishlab turganda, ya'ni qisqarib turganda ularda glikogen parchalanishi kuchayadi. Muskullar ishlab turganida faollashgan fosforilaza fermenti ta'sirida glikogenga bir molekula fosfot kilota birikib, keyin glikogen glyukoza-1- fosfotgacha parchalanadi va bu moddalar muskul qisqarishi uchun energiya manbai bo‘lib xizmat qiladi. Qon tarkibida glyukozaning doimiy miqdorda saqlanishi ancha murakkab mexanizmga ega. Bu jarayonda ham nerv tizimi, ham endokrin tizimi qatnashadi. Oqibatda bunday muvozanat to‘qimalarda glyukoza uglevod bo‘lmagan boshqa moddalardan hosil bo‘lishi, uglevodlarning oksidlanishi, uglevodlarning yog'larga aylanishi hamda glyukozaning tashqariga chiqarib yuborilishi bilan saqlanadi. Lekin qonda glyukozaning bo‘lishida jigar hal qiluvchi o‘ringa ega. Agar tanadan jigar kesib olib tashlansa qonda glyukoza keskin kamayib ketadi. Muskullarning ishlashi natijasida kamaygan glyukoza dam olish payti qayta tiklanadi. Muskullarda o‘rtacha 250gr glyukoza bo‘ladi. Turli a’zolardan qon oqib o’tganida ular har xil miqdordagi glyukozani ushlab qolish xususiyatiga ega, masalan, rus patofiziolog olimi Efim Semyonovich Londonning aniqlashicha, miya 12%, ichak 9%, muskul 7% va buyrak qondagi glyukozaning 5% ni ushlab qoladi. Muskul faoliyatining tegishli energiya bilan ta'minlanishini tushunishda kreatinfosfat va adenozintrifosfatlarning ochilishi muhim ahamiyat kasb etdi. Ma'lumki kreatinfosfat 1927 yili muskul ekstraktidan ajratib olingan. U muskul qisqarish davrida tamoman sarf bo‘lib ketadi, dam olish davrida esa qaytadan tiklanadi. U muskul faoliyatini energiya bilan ta'minlovchi asosiy manbadir. Shuni ham esdan chiqarmaslik kerakki, muskul faoliyatida dastavval adenozintrifosfat parchalanib kerakli energiyani beradi. Kreatinfosfat esa adenozindifosfatdan hosil bo‘lishida ishlatiladi (ADF+KrF Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling