Statik biokimyо
Oshqozon ichak yo‘lida uglevodlarning hazm bo‘lishi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
Oshqozon ichak yo‘lida uglevodlarning hazm bo‘lishi.
Monosaxaridlardan boshqasi oshqozon ichak yo'lida gidrolitik parchalanishga uchraydi. Shuni nazarda tutish kerakki, oshqozon ichak yo'lida gidrolitik parchalanish nafaqat suvda erimaydigan polisaxaridlargagina mos bo‘lib qolmasdan, balki suvda yaxshi eriydigan disaxaridlar saxaroza, laktozalar uchun ham tegishlidir. Chunki, ular faqat monosaxarid ko‘rinishidagina qonga so‘rilishi mumkin. Shu narsaga e'tibor berish kerakki, oziq moddalarning parchalanishi natijasida ular hujayra ichida yuz beradigan modda almashinuvida ishtirok etadigan holatga kelgandagina qonga so‘riladi, ya'ni organizmning ichki muhitiga o‘tadi. Bu holga tushmagan oziq moddalar ichakdan qonga so‘rilmaydi va bevosita qonga kiritilsa ham (masalan, disaxaridlar) deyarli o‘zgarishga uchramasdan tashqariga chiqarib yuboriladi. Oziq moddalar ogíz bo‘shligída mexanik o‘zgarishlarga uchrashdan tashqari dastlabki kimyoviy o‘zgarishlarga ham uchraydi. Masalan, so‘lakdagi -amilaza kraxmal molekulalari ichkarisidagi 1 4 -glikozid bog'larini uzib ularni dekstrinlargacha parchalaydi. O‘n ikki barmoq ichakda shira tarkibidagi pankratet amilaza ta'sirida ham 1 4 bog'larning keyingi uzilishi natijasida kraxmalning asosiy parchalanish mahsuloti maltoza hosil bo‘ladi. Ovqat oshqozonga tushganidan keyin so‘lak amilazasining ta'siri kislotali me'da shirasi tufayli to‘xtatiladi. Buning uchun 15-20 daqiqa vaqt talab qilinadi va bu oraliqda ovqat luqmasining xlorid kislotali me'da shirasi yetib bormagan chuqur qismlarida amilaza ta'siri davom etishi mumkin. Hosil bo‘lgan maltozaning ovqat bilan qabul qilingan qand va sut shakarining monosaxaridlargacha to‘la parchalanishi o‘n ikki barmoq ichakda (uning bo'shligí va devorida) tegishli karbogidrazalar tomonidan amalga oshiriladi. O‘n ikki barmoqli ichakda oshqozondan oziq modda bilan o‘tgan kislotali muhit neytrallanib pankreatik amilaza ta'sirida kraxmalning parchalanishi davom etadi. Shu yo'l bilan hosil bo‘lgan dekstrinlar ichak shirasi va uning devoridagi glyukozidazalar yoki glyukoamilaza ta'sirida monosaxaridlargacha parchalanadi. Bunda saxarozadan -D-glyukoza va -D-fruktoza, maltozadan esa ikki molekula -D-glyukoza hamda laktozadan -D-glyukoza hamda -D-galaktoza hosil bo‘ladi. Ushbu so‘rilish jarayoni nafaqat diffuziya balki energiya sarflanadigan faol transport holida ham sodir bo‘ladi (past konsentratsiyali muhitdan yuqori konsentratsiyali muhitga so‘rilish). Uglevodlarning bir turi hisoblangan klechatka yoki sellyuloza oshqozon ichak yo'lida hazm bo‘lmay axlat bilan chiqarib yuboriladi. Chunki ularni parchalaydigan sellyulaza odam va hayvonlar organizmida uchramaydi. Ushbu uglevod turi sabzavot va mevalar tarkibida qabul qilinadi, o‘zi hazm bo‘lmasada ichaklarda oziq moddalarni siljishiga, harakat qilishiga ta'sir etadi. Shu bilan bir qatorda ingichka ichakning pastki qismi va yo'g'on ichakda yashovchi mikroorganizmlar ta'sirida klechatka odamda qisman, kavsh qaytaruvchilarda esa to‘liq parchalanadi. Klechatkaning bunday parchalanishi natijasida tanada organik kislotalar, gazlar va suv hosil bo‘ladi. Shuning uchun ham ko‘p kamerali oshqozonga ega bo‘lgan o‘txo’r hayvonlarda klechatkaning parchalanishi asosan aytib o‘tilgan yo'l bilan amalga oshiriladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling