Statik biokimyо
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
LIPIDLAR ALMASHINUVI Nazariy tushuncha: Odam va yuqori taraqqiy etgan hayvonlarda ovqat bilan qabul qilingan yog'larning asosiy qismi ingichka ichakka o‘tib me'da osti bezidan ajraladigan lipaza fermenti ta'sirida gidrolitik parchalanishga uchraydi. Me'da shirasining tarkibida ham kuchsiz lipaza faolligi aniqlangan bo‘lib, u faqatgina emultsiya holiga keltirilgan (juda mayda tomchilar shaklida) yog'larga ta'sir qiladi. Bunday shakldagi yog' sut tarkibidagina bor. Oshqozonning o‘zida yog'larning emulsiya holiga keltiradigan sharoit yo'q, shuning uchun ham oshqozon lipazasining ta'siri cheklangan bo‘ladi. Ingichka ichakda esa yog’larni emulsiya holiga keltirish uchun tegishli sharoit mavjud. Bu holat birinchidan oshqozon shirasi bilan qo‘shilib o‘tgan kislotali bo‘tqani neytrallanishi hamda qayd qilingan bo‘tqaning hazm shiralari bilan yaxshi aralashishi bilan tushuntiriladi. Yog'larni parchalovchi lipaza fermenti me'da osti bezidan nofaol holda ya’ni prolipaza shaklida ajratilib faqatgina ingichka ichakda faol lipazaga aylanadi. Yog’larning ichaklarda hazmlanishiga u yerga quyiladigan o‘t suyuqligi tarkibidagi o‘t kislotalarining tuzlari ham muhim rol o‘ynaydi. Odam o‘tida quyidagi o‘t kislotalari uchraydi: xolat kislota, dezoksixolat kislota, litoxolat kislota, xenodezoksixolat kislota va boshqalar. Yog’larga o‘t kislotalarining ta’sir etishi natijasida juda mayda parchalangan emulsiya hosil bo‘ladi (xilomikronlar). Bunday emulsiyani hosil bo‘lishida aytib o‘tilgan o‘t kislotalaridan tashqari xolestirin, erkin yog’ kislotalari hamda monoglitseridlar aralashmasining ahamiyati katta. Yog’larning emulsiyalanishi ularning lipaza ta’sirida glitserin va yog’ kislotalariga parchalanishini ta’minlab qolmasdan xilomikronlar ko’rinishida ichak devori orqali so‘rilishini ham yuzaga keltiradi. Ichak hujayralari hosil bo‘lgan yog’ kislotalari va monoglitseridlarni shimib olib, qaytadan triglitseridlarni sintezlaydi. Bu yerda qabul qilib olingan (ovqat bilan iste’mol qilingan) yog’lardan farq qiladigan ayni organizm uchun spitsefik bo‘lgan yog’lar hosil bo‘ladi. Lekin bunday sintezlanish ancha chegaralangan bo‘ladi. Qator tadqiqotlarda qayd qilinganki, uzun zanjirli to’yingan va to’yinmagan yog’ kislotalar ingichka ichakdan limfaga so‘rilib ko‘krak yo’li bo’yicha qon oqimiga tushadi. Kaltaroq zanjirli yog’ kislotalar esa bevosita qopqa vena yo’li bilan qon oqimiga tushadi. Shuning uchun ham yog’li ovqat yeyilganidan keyin limfa va hatto qonda ham mayda yog’ tomchilari bo‘lganligi sababli plazma loyqa bo‘lib ko‘rinadi. Ovqat bilan qabul qilinadigan fosfolipidlar vakili - tuxum sarig’ida va miya to‘qimasida ko‘p uchraydigan letsitin oshqozon ichak yo’lida oshqozon osti bezi shirasi ta’sirida yog’ kislotalariga parchalanadi (fosfolopazalar ta’sirida). Ovqat bilan qabul qilingan fosfoglitseridlarning anchagina qismi glitserin bilan yog’ kislotalari holida limfaga o‘tadi. Ovqat bilan qabul qilinadigan sterinlarning eng muhim vakili – xolesterin erkin holda yoki efirlar holida tuxum sarig'ida, go‘shtda, jigar va miya tarkibida uchraydi. Xolesterin efirlari me'da osti bezi shirasida uchraydigan xolesteraza fermenti ta'sirida erkin xolestirin va yog' kislotalariga parchalanadi. Oqibatda ichak devorlari orqali qonga, limfaga so‘riladi. Suvda erimaydigan xolesterin ichakda faqat kislotalar mavjud bo‘lgandagina so‘riladi. Odam qonida xolesterin miqdori hayvonlarnikiga qaraganda ko‘p bo‘lsa-da, ichaklar orqali qisman so‘rilib, asosiy qismi najas bilan ajratiladi. Najas tarkibida uchraydigan muhim steroid-koprosterin xolesterindan ichak bakteriyalari ta'sirida hosil bo‘ladi. Don va urug'larda uchraydigan moylar ancha yirik globulalar shaklida bo‘lib, unish davrida ularning hajmi ancha kichiklashadi. Agar namlik yetarli bo‘lsa, urug'dagi lipazalar ta'sirida osonlik bilan yog' kislotalari va glitseringa aylanadi. Bu mahsulotlar don tarkibida ko‘p to‘planmay aksaryat hollarda uglevodlarga aylanadi. Aytib o‘tilganidek oziq-ovqat mahsulotlari bilan tanaga qabul qilingan yog' oshqozon ichak yo'lida tegishli fermentlar ta'sirida (lipolitik fermentlar) yog' kislotalari va glitseringa parchalanib, uning asosiy qismi ichak devorlaridan limfaga va kamroq qismi qonga o'tadi. Nishonlangan izotoplar yordamida shu narsa aniqlanganki, ichaklardan so'rilgan yog'lar yog' to'qimalaridan iborat yog' depolariga kirar ekan. Depolardagi yog' esa o'z o'rnida qonga o'tib, keyinchalik to'qimalarga kiradi, oksidlanadi va o'zidan zarur energiya ajratadi. Odam va hayvonlar tanasida yog' almashinuvida jigar muhim rol o'ynaydi. Turli a'zolardagi hamda turli hayvonlardagi yog'lar bir-biridan o'zlarining tarkibi, fizikaviy va kimyoviy xususiyatlari bilan farq qiladi (erish harorati, konsistensiyasi, sovunlanishi va b). Yog'ning turga nisbatan spetsifikligi mavjud bo‘lib, u har bir tur hayvon yog'ining o'ziga xos belgilari bilan ifodalanadi. Masalan, qo'y yog'i, cho'chqa yog'i, parranda yog'i yoki boshqa hayvonlarning yog'lari erish harorati, tarkibi va boshqa xususiyatlari bilan farq qiladi va bunday holat doimiyligicha qoladi. Shu bilan bir qatorda tadqiqotlarda ko‘rsatilishicha, agar hayvon bir turdagi yog'ni doimiy holda uzoq vaqt iste'mol qilib borsa, tanada to'plangan yog' ham shunga yarasha kimyoviy va fizikaviy o‘zgarishlarga uchrashi mumkin. A.Lebedov o‘z tajribalarida aytib o‘tilgan fikrning to‘g'riligini e'tirof etgan. U 2 ta it olib, ularni tanasidagi zaxira yog' butunlay yoq bo'lib ketmagunicha hayvonlarga ovqat berilmagan. Shundan keyin itlarning biriga zig'ir yog'i, ikkinchisiga qo‘y yog'i berib boqilgan. Uch haftadan keyin itlar vazni o'z holatiga qaytib kelganidan keyin ular so‘yilib tanasidagi yog' ajratib olingan va fizikaviy tahlil qilingan. Ma'lum bo‘lishicha birinchi it yog'i suyuq bo‘lib 0 0 C da to‘nglanmagan (qotmagan) va zig'ir yog'iga o‘xshagan bo‘lgan. Ikkinchi itdagi yog' esa qattiq bo'lib, uni 50 0 C da isitgandagina erigan va bu yog' qo‘y yog'iga o‘xshash bo‘lgan. Shuningdek odam terisi ostida to‘plangan yog' ham uning qanday yog' iste'mol qilishiga bog'liq bo'lar ekan. Qo‘y yog'ini doim iste'mol qilib yurgan odamlarning terisi ostidagi yog' qo'y yog'iga, kokos yog'i iste'mol qilganlarniki kokos yog'iga va tyulen yog'ini iste'mol qilganlarniki shu yog' xususiyatlarini qabul qilar ekan. Har bir organizm uchun spetsifik bo‘lgan yog' ichak epiteliysida, jigarda va boshqa ichki a'zolarda to'planar ekan. Ayrim to‘yinmagan yog' kislotalari masalan linol, linolen va araxidon kislotalari odam va ayrim hayvonlarning tanasida hosil bo‘lmaydi. Shuning uchun ularni almashtirib bo‘lmaydigan yog' kilotalari shaklida guruhlanadi. Ular hayot uchun juda zarur, shuning uchun tashqaridan doimiy ravishda qabul qilinib turishi kerak. Agar odam uzoq vaqtlar davomida yog' iste'mol qilmasa yog'da eriydigan vitaminlar avitaminoziga uchraydi. Buning mohiyati shundaki, A, D, E, K vitaminlar ya'ni yog'da eruvchi vitaminlar asosan yog' bilan kiradi. (A vitamin bundan mustasno). Bunday paytlarda yog'li ovqatlar iste'mol qilinsa yuzaga kelgan yetishmovchilik bartaraf qilinadi. Odatda yog'li ovqatlarning aksariyat qismi o‘z tarkibida ancha-muncha lipoidlar, ya'ni fosfotidlar va sterinlarga ham ega bo'ladi. Odam va hayvonlar organizmi uchun bu moddalarning ahamiyati juda katta. Ular hujayra tarkibiga kirib, uning membranasida, yadrosida va sitoplazmalarida mavjud bo'ladi. To'qimalardan, ayniqsa nerv to‘qimasi fosfotidlarga juda boy. Fosfotidlarning sintezlanishi ichak devorida va jigarda qayd qilingan fosfotidlarning tipik vakili bo‘lib, letsitin jigarda mo'l bo‘ladi, ayniqsa yog'li ovqatlar ko'p iste'mol qilinganida uning jigardagi miqdori sezilarli darajada ko‘tariladi. Sterinlarning ichida xolesterin odam va hayvonlar organizmida muhim ahamiyatga ega u allbatta har bir hujayraning membranasi tarkibida uchrab, bir vaqtning o‘zida o‘t kislotalari hosil bo'lishida qatnashadi. Yana u buyrak usti bezining po'stloq qismidan ajraladigan gormonlar hosil bo‘lishida hamda jinsiy bezlar faoliyatida muhim ahamiyat kasb etadi. Xolesterin ilk bor o‘t toshidan ajratib olingan, u tuzlar, kislotalar, aminlar, oqsillar va neytral birikmalar bilan qo‘shilib komplekslar hosil qiladi. Vitamin D ham xolesterindan hosil bo‘ladi. Tanada xolestirin almashinuvi buzilsa yoki u tegishli miqdordan ko‘p qabul qilinsa hayot uchun xavfli xastaliklar yuzaga keladi. Bunga misol qilib yomon sifatli xolesterinlarning qon tomirlari devorlariga yopishib qolib, me'yoriy qon oqishining buzilishini, ya'ni ateroskleroz kasalligini misol qilib olish mumkin. Shuni aytib o‘tish joizki, tanadagi ortiqcha xolesterin jigar orqali tashqariga chiqariladi. O‘t tarkibida har vaqt xolesterin uchrab turadi. Odam qonida xolesterin miqdori o'rtacha 150-200 mg % ga teng bo‘ladi. Oziq-ovqat mahsulotlari ichida xolestiringa boy bo'lganlari hayvon miyasi, tuxum tarkibida ko‘p bo‘ladi. Xolesteringa boy ovqatlarni ko‘plab iste'mol qilish, ayniqsa keksa odamlarda yog'dagi xolesterinning miqdorini oshirib yuborib, ba'zan o‘t yo'llarining bekilib qolishiga, jigarda yog'li infiltrat hosil bo‘lishiga, o‘t toshlarining paydo bo‘lishiga olib keladi. Shu narsani ham aytib o‘tish joizki, yog'li ovqatlar ko‘p iste'mol qilinganida limfa suyuqligida ancha-muncha uchraydigan diametri 1 mikron bo‘lgan yog' zarrachalari ko‘payib ketadi. Ularni xilomikronlar deb ataladi. Xilomikronlarning 96 % triatsil glitserinlar bo‘lib, odatda ular yupqa oqsil po‘sti bilan o‘ralgan bo‘ladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling