Statik biokimyо
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
kreatin+ATF).
Hujayralarda uglevodlar almashinuvuga umumiy xarakteristika. Hujayralarda uglevodlar almashinuvi deb, glikogen yoki glyukozadan boshlab karbonat angidrid va suv hosil bo‘lguncha yuz beradigan barcha reaksiyalar tushuniladi. Hujayralarda uglevodlar almashinuvi bir-birini inkor qiladigan yo'llar bilan kechadi. Shu narsa diqqatga sazovorki, uglevodlar metabolizmi qanday yo'l bilan bormasin tegishli miqdorda energiya ajralishi sodir bo‘ladi. Odatda hujayralarda glyukozaning parchalanishi ikki yo'l bilan boradi, ya'ni kislorod ishtirokida (aerob) va kislorodsiz (anaerob) holda. Aerob parchalanish oksidlanish deb ham ataladi. Anaerob parchalanish esa achish deyiladi. Ularning bir-biridan muhim farq qilishi reaksiya natijasida ajralgan energiya miqdorida ham seziladi. Oksidlanish paytida glyukozadan karbonat angidrid va suv hosil bo‘lib, 686 kkal energiya ajraladi. C 6 H 12 O 6 6CO 2 + 6H 2 O + 686 kkal Anaerob parchalanish yoki achish jarayonida odam va yuqori hayvonlar to‘qimasida sut kislotasining hosil bo‘lishi bilan tugab, bor yo’g’i 47 kkal energiya ajralib chiqadi. C 6 H 12 O 6 2C 3 H 6 O 3 Agar achitqilarda spirt hosil bo‘lsa, uni spirtli achish deb ataladi. C 6 H 12 O 6 2C 2 H 5 OH+2CO 2 Ko‘rinib turganidek, hujayralarda kuzatiladigan almashinuv jarayonida asosiy energiya anaerob sharoitida hosil bo‘ladi. Anaerob yo'l bilan energiya ajralishi eng qadimgi energiya ishlab chiqarish bo‘lib u hujayra iqtisodyoti uchun samarali yo'l emas. Buning asosiy sababi shundaki, bunday parchalanishda ko‘p material sarflanib juda kam energiya hosil bo‘ladi. Anaerob parchalanish asosan achitqilar va mikroorganizmlarga xos xususiyat bo‘lib yuqori organizmlarda bu usul katta intensivlikdagi ish bajarilganida ko‘p kislorod talab qilinib organizmda buncha katta miqdordagi kislorodni yetkazib berish imkoniyati bo‘lmagan paytlarda kuzatiladi. Masalan, qisqa masofalarga tez yugurish yoki og'ir yukni qisqa vaqt ichida ko‘tarish paytida yuzaga keladigan energiya ta'minotini olish mumkin. Shunday qilib glyukoza hujayraning asosiy energiya manbai yoki yoqilg'isi bo‘lib hisoblanadi. Glyukozaning glikogen yoki glyukozadan boshlanib ikki molekula pirouzum kislota hamda ATF molekulasining hosil bo‘lishidan yakunlanadigan anaerob parchalanishi glikoliz deb ataladi. 1930-yilning o‘rtalarigacha muskul hamda jigarda uglevodlar almashinuvi faqat glyukozadan boshlanadi deb hisoblanar edi. Keyinchalik olimlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar (Ya.O. Parnas) muskullarda bunday jarayon aksariyat hollarda glikogenning fosfat kislota biriktirib parchalanishi yoki fosforilizdan boshlanishi isbotlandi. Shundan keyin fanga glikogeneoliz atamasi kiritildi. Nafaqat hayvon va o‘simlik hujayralarida balki ko‘pgina mikroorganizmlarda ham glyukoza glikogeneoliz yo'li bilan parchalanadi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling