Mavzu: Oshqozon shirasini analiz qilish va unibg kislotaliligini aniqlash .
Oshqozon shirasida pepsin, xlorid kislota, lipaza, mutsin, natriy xlorid, fosfat kislotaning
nordon tuzlari va boshqa kislotali reaktsiya beruvchi moddalar uchraydi. Oshqozon shirasining
proteolitik faolligi ko’p jihatdan shiraning kislotaligiga, ayniqsa, erkin xlorid kislotaga bog’liq.
Oshqozon shirasining kislotalilik darajasini turli indikatorlar yordamida sifat va miqdor jihatdan
aniqlash mumkin.
47- tajriba. Oshqozon shirasidagi erkin xlorid kislotani sifat jihatdan aniqlash.
Kerakli asbob va reaktivlar: filtrlangan oshqozon shirasi, lakmus qog’oz, Kongo
qog’ozi, xlorid kislotaning 0,2% eritmasi, n-dimetilaminoazobenzolning 0,5 % spirtdagi
eritmasi, probirka, 1 ml pipetka.
Ishning bajarilishi:
Buning uchun quyidagi 2 usuldan foydalaniladi.
1-usul: Kongo qog’ozi bilan qilinadigan reaktsiya. Dastlab 1 tomchi filtrlangan
oshqozon shirasi avval ko’k lakmus qog’ozga tomiziladi, natijada lakmus qog’oz qizaradi.
So'ngra shu reaktsiya qizil kongo qog’ozi bilan takrorlanadi. Kongo qog’ozi рН =3,0-5,2
oralig’ida rangini o’zgartiradi, agar рН ko'rsatkichi 3,0 dan kichik bo'lsa, qog’oz ko’kish
binafsha rangga, 5,2 dan yuqori bulsa, qizil rangga kiradi. Agar oshqozon shirasida erkin xlorid
kislota bo'lsa, Kongo qog’ozining rangi ko'kish-binafsha tusga kiradi. Bu indikator qog’ozning
rangi o'zgarmasa, bu oshqozon shirasi tarkibida erkin xlorid kislota yo'qligidan darak beradi,
uning kislotaligi faqat oz miqdordagi kuchsiz dissotsilanadigan organik kislotalar va fosfat
kislotaning nordon tuzlari hisobiga namoyon bo’ladi.
2-usul. n—dimetilaminoazobenzol bilan qilinadigan reaktsiya. Ikkita probirka olib,
biriga 1 ml filtrlangan oshqozon shirasi, ikkinchisiga shuncha hajmda 0,2% xlorid kislota
(oshqozon shirasidagi xlorid kislotaning kontsentratsiyasi normada 0,2-0,5% atrofida bo’ladi)
quyib, 1-2 tomchi para- dimetilaminoazobenzolning 0,5% spirtli eritmasidan tomiziladi. Agar
oshqozon shirasida erkin xlorid kislota bo'lsa, har ikkala probirkadagi suyuqlik qizil rangga
kiradi. Agar oshqozon shirasida erkin xlorid kislota bo’lsa, har ikkala probirkadagi suyuqlik qizil
rangga kiradi.
n-dimetilaminoazobenzolning rangi рН = 2,9-4,9 oralig’ida o'zgaradi. рН ko’rsatkichi 2,9
dan kichik bo'lsa, qizil; 4,0 dan yuqorida esa sariq rang hosil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |