Statik biokimyо


-tajriba. Pepsin ta'sirida oqsillarning parchalanishini aniqlash


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

50-tajriba. Pepsin ta'sirida oqsillarning parchalanishini aniqlash. 
Pepsin ichki peptid bog‘larning parchalanish jarayonini tezlashtiradi. Bir gramm pepsin 
25 kg tuxum oqsilini 1 soatda parchalaydi. Pepsin Tir – X, Glu – Ley, Val – Ley orasidagi peptid 
bog‘ni parchalaydi. Pepsin ta'sirida katta bo‘lakli peptidlar – albumozlar hosil bo‘ladi. 
Pepsin ta'sirini, erimaydigan oqsillarni fibrinning erishini kuzatish bilan aniqlash 
mumkin. Erigan oqsil biuret reaksiyasini beradi va eritmada peptidlar hosil bo‘lganligini 
isbotlaydi. 
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, shtativlar, byuretkalar, pipetkalar, 37– 40 
0
C li 
termostat yoki suv hammomi, pishgan tuxum oqsili yoki fibrin bo‘lakchalari, natriy 
gidrokarbonat tuzining 10 % li eritmasi, qizil lakmus qog‘ozi, me'da shirasi yoki pepsinning 0,2 
% li xlorid kislotadagi 0,1 % li eritmasi.
Ishning bajarilishi:  
1. Uchta probirkaga 1 ml dan pepsin eritmasi yoki me'da shirasi solinadi. Birinchi 
probirkadagi eritma ikki daqiqa qaynatiladi va sovuq suv ostida sovitiladi. Ikkinchi probirkadagi 
eritma 10% li natriy gidrokarbonat eritmasi bilan (3-4 tomchi) neytrallanadi. Uchinchi 
probirkadagi eritma o‘zgartirilmaydi. 
2. Uchala probirkaga fibrin yoki tuxum oqsilining kichik bo‘lakchasi solinadi va 37 – 40 
0
C li termostatga 35-45 daqiqaga joylashtiriladi. Bir ozdan so‘ng probirkalar termostatdan olinib, 
eritmalari aralashtiriladi. Probirkaga solingan oqsil bo‘lakchalarining erigan yoki erimaganligi 
kuzatiladi. Oqsil bo‘lakchalari erigan probirkda biuret reaksiyasi o‘tkaziladi. 
Ishni rasmiylashtirishga oid tavsiyalar: Olingan natijalar quyidagi jadvalda keltiriladi 
va tegishli xulosa chiqariladi. 
Probir
kalar 
Substrat 
Ferment 
Eritma 
muhiti 
Kuzatil 
gan 
o‘zgarish 
lar 
Biuret 
reaksiyasi 
Xulosa 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling