Statik biokimyо
Kerakli asbob va reaktivlar
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
Kerakli asbob va reaktivlar: chinni idishch, shisha keskich, kimyoyiy stakan, hayvon
muskuli, shisha tayoqcha, distillangan suv, mato yoki doka, kolba, 8% li NH 4 Cl eritmasi, 5% li KCl eritmasi, qog‘oz filtr, 10% li NaOH, 2% li CuSO 4 , 10 % li sulfosalitsil kislota. Ishning bajarilishi. Chinni idishchaga shisha keskich yordamida kesib olingan 10 gramm hayvondan muskulni ezib, uni stakanga solinadi. So‘ngra uning ustiga 30 ml suv quyib 15 daqiqa qoldiriladi va vaqti-vaqti bilan shisha tayoqcha yordamida aralashtirib turiladi. Shundan so‘ng suyuqlik, mato yoki uch qavat doka yordamida toza idishga filtrlanadi. Stakanda qolgan to‘qima qoldiqlariga yana 30ml suv quyib (aralashtirib), 15 daqiqa qoldiriladi va toza idish (kolbacha)ga filtrlanadi. Kolbachani birlashtirilgan suv ekstrakti bilan vaqtincha qoldiriladi. Stakanda qolgan muskul massasini chinni idishga solib, uning ustidan 8% li NH 4 Cl eritmasidan 30 ml yoki 5% li KCl eritmasidan quyiladi va 30-60 daqiqa qoldiriladi. Vaqti-vaqti bilan aralashtirilib turiladi. Suyuqlikni qog‘oz filtr yoki mato orqali quruq kolbachaga filtrlanadi. A. Muskul plazmasi oqsillari. Ikkita probirkaga 2ml dan suv ekstrakti quyiladi. Birinchi probirkada biuret reaksiyasi (tekshirilayotgan suyuqlikka 10% li NaOH eritmasidan 2 ml va uncha ko‘p bo‘lmagan 2% CuSO 4 eritmasidan 2-3 tomchi qo‘shiladi) olib boriladi. Ikkinchi probirkada oqsil cho‘kishi sodir etiladi. Tekshiruv olib borilayotgan suyuqlikka 10 % li sulfosalitsil kislota eritmasidan 5-6 tomchi qo‘shiladi va oqsil cho‘kmasi hosil bo‘lishi kuzatiladi. B. Muskulning strukturali oqsillari. Ikkita probirkaga 2 ml dan tuzli ekstraktdan qo’yiladi. Birinchi probirkada, yuqorida keltirilgani kabi biuret reaksiyasi amalga oshiriladi. Ikkinchi probirkadagi suyuqlikka loyqa yoki cho‘kma ko‘rungunga qadar distillangan suv quyiladi (eritmadan suvda erimaydigan globulinlar ajraladi). Tajriba natijalari va ularning izohlari qayd etib boriladi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling