Mavzu: Siydik tarkibidagi qand miqdorini aniqlash.
Ba'zan siydik bilan glyukoza,
galaktoza, laktoza va fruktoza kabi qandlar ajraladi.
Ko‘pincha siydik bilan glyukoza chiqariladi, bunga glyukozuriya deyiladi.
Normal siydikda
glyukoza juda oz, ya'ni 0,02 foizga yaqin miqdorda bo‘ladi. Buni odatdagi reaksiyalar bilan
aniqlab bo‘lmaydi.
Odatda qondagi glyukoza 170-180 mg foizgacha bo‘lganda
buyrak uni siydikka
o‘tkazmaydi. Lekin qondagi glyukoza 150-180 mg foizdan ko‘paysa siydik bilan ajraladi.
Ovqat bilan ko‘p miqdorda qand yeyilsa,
qonda qand miqdori ortib ketib, so‘ng
glyukozuriya bo‘lishi mumkin. Ammo bu patologik glyukozuriyaga kirmaydi,
qandni ozroq yeya
boshlash bilanoq u siydik bilan birga ajralmaydi.
Ko‘pincha glyukozuriya uglevodlar almashinuvining buzilishi natijasida, ya'ni
diabet
kasalliklarida bir sutkali siydik bilan ajraladigan qand miqdori 300-500 mg yetishi va bundan
ham ko‘p bo‘lishi mumkin.
56-tajriba. Siydikdagi qand miqdorini Feling suyuqligi bilan titrlab aniqlash.
Bu metod glyukozaning mis-2-gidroksid (Cu (OH)
2
) ni glyukoza ta'sirida mis-1-oksid
(Cu
2
O)
gacha qaytarib, uning o‘zining oksidlanishiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: