Statik biokimyо


Mavzu: Siydikning reaktsiyasini aniqlash


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Mavzu: Siydikning reaktsiyasini aniqlash. 
Siydikning reaktsiyasi iste‘mol qilingan ovqat sifatiga bog’liq. Agar kishi go’shtli ovqatni 
ko’p yesa, siydik kislota xususiyatli, o’simlik mahsulotlarini ko’proq iste‘mol qilsa, ishqor 
xususiyatli bo’ladi. 
Hayvon va o’simlik mahsulotlari bilan ovqatlanganda normal siydik kuchsiz kislota 
xususiyatli bo’ladi, chunki bunday ovqatlanishda uning tarkibidagi ishqor xususiyatli natriy 
digidrofosfat tuzining miqdori ko’p bo’ladi. Ayrim vaqtlarda siydik tarkibida kislota va ishqor 
xususiyatli fosfat tuzlarining miqdori ma‘lum nisbatda bo’lganda siydik amfoter xususiyatli, 
ya‘ni bir vaqtda kuchsiz kislota va kuchsiz ishqor xususiyatiga ega bo’ladi. 
Diabet, podagra, isitmali kasalliklarda siydik anchagina kuchli kislota xususiyatli bo’ladi. 
Chunki bunday kasalliklarda chala oksidlangan kislota xususiyatli organik birikmalar, to’qima 
oqsillarining parchalanishidan hosil bo’lgan moddalar, atseton tanachalar va boshqalar siydik 
bilan ko’proq chiqadi. 
Toza shisha parchasi ustiga ko’k va qizil lakmus qog’ozi alohida-alohida yoyib qo’yiladi. 
So’ng shu lakmus qog’ozlariga tekshiriladigan siydikdan pipetka bilan bir-ikki tomchi 
tomiziladi. Shunda qizil lakmus ko’kka bo’yalsa, siydikning ishqor xususiyatli, ko’k lakmus 
qizilga bo’yalsa, kislota xususiyatli ekanini ko’rsatadi. 
58-tajriba. Siydikning kislotaligini aniqlash. 
Kislotali siydikda kislota miqdori aniqlanadi. 
Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, kolbachalar, silindr, pipetkalar, byuretka, 
o‘lchov kolbasi (100 ml li), siydik, fenolftaleinning spirtdagi 1% li eritmasi, natriy ishqorning 
0,1 normal eritmasi, distillangan suv. 
Ishning bajarilishi. 
Kolbachaga 10 ml siydik solib, 40 ml distillangan suv bilan suyultiriladi. Uning ustiga 
fenolftaleinning spirtdagi 1% li eritmasidan 4-5 tomchi tomiziladi. Shundan keyin u 
yo’qolmaydigan och pushti rang hosil bo’lguncha natriy ishqorning 0,1 normal eritmasi bilan 
titrlanadi. 


Hisoblash. Odatda siydikning kislotaligi HCI ning gramm miqdorida bir sutkalik 
siydikka nistatan hisoblanadi. Misol uchun 10 ml siydikni titrlash uchun 4 ml 0,1 normal ishqor 
sarf bo’lgan bo’lsa 

Х= 1500 х 4 х 0,00365 / 10 = 2,01 


X- bir sutkali siydikdagi kislota miqdori (gramm hisobida) 
1500 - bir sutkali siydik miqdori (millilitr hisobida) 
4 – 10 ml siydikni titrlash uchun sarf bo’lgan 0,1 normal ishqor miqdori (ml bilan) 
10 – tekshirish uchun olingan siydik miqdori(ml hisobida) 
0, 00365 – 0,1 normal HCI ning titri. 
Demak bizning misolimizda siydikning kislotaligi 2,01 g HСI ga teng ekan. Normada u 
1,5 dan 2,3 gacha bo’ladi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling