Kerakli asbob va reaktivlar: probirkalar, kolbachalar, silindr, pipetkalar, byuretka,
o‘lchov kolbasi (100 ml li), siydik, Feling suyuqligi, distillangan suv, gaz gorelkasi.
Ishning bajarilishi.
100 ml hajmli kolbaga 10 ml siydik solib, hajmi 100 ml ga yetguncha distillangan suv
qo‘shib suyultiriladi. Shunda siydik 10 marta suyulgan bo‘ladi. Suyultirilgan siydik byuretkaga
solinadi.
Alohida kolbachaga Feling suyuqligidan 10 ml olib, 20-25 ml suv bilan suyultirilgandan
keyin qaynaguncha qizdiriladi. Qaynab turgan suyuqlik suyultirilgan siydik bilan ko‘k bo‘yoq
yo‘qolib, qizg‘ish rangli cho‘kma hosil bo‘lguncha titrlanadi. Titrlash bir necha marta
qaytariladi. Feling suqligini titrlashda sarf bo‘lgan siydikning o‘rtacha miqdori quyidagi formula
bo‘yicha hisoblab topiladi.
X-siydikdagi qand foizi
a- 1ml Feling suyuqligini qaytaradigan qand miqdori – 5 mg
v- titrlash uchun olingan Feling suyuqligi miqdori – 10 ml
s- tekshiriladigan siydikning suyultirilishi (10 marta)
100% hisobi uchun
Е – tekshirish uchun sarf bo‘lgan siydik miqdori
Tajriba natijalar qayd etib boriladi.
57-tajriba. Siydik tarkibidagi oqsil miqdorini aniqlash.
Ayrim kasalliklarda odatda siydik tarkibida bo’lmaydigan turli moddalar, masalan, oqsil,
qand, atseton tanalar, qon va o’t pigmentlari siydik bilan birga chiqariladi.
Normal siydikda oqsil yo’q deb hisoblanadi. Ammo, ba‘zi buyrak kasalliklarida siydik
bilan anchagina oqsil ajraladi. U qon zardobi albumin bilan globulindan iborat bo’ladi.
Globulinlarga nisbatan albuminlar miqdori ko’p bo’ladi. Shuning uchun ham oqsillarning
siydik bilan ajralishiga albuminuriya deyiladi.
Siydik tarkibidagi oqsil miqdorini aniqlashda rangli reaksiyalardan emas, balki
cho‘ktirish reaksiyalardan foydalaniladi. Sababi natijalar siydikning intensiv (jadal)
bo‘yalishidan payqanmasligi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |