Statik biokimyо
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
Nazorat uchun savollar. 1. Odamda qonning asosiy funksiyalarini ta’riflang. 2. Qon tarkibi haqida nimalarni bilasiz? 3. Qonning osmotik va onkotik bosimi nima? 4. Qon reaksiyasi hamda qon zardobi haqida gapiring? 5. Qizil qon tanachalari va gemoglobinni ta’riflang? 6. Oq qon tanachalari va qon plastinkalarini aytib bering? 7. Qonning ivishi va qon guruhlari haqida gapiring? 8. Rezus–omil nima? 9. Limfa qondan nimasi bilan farqlanadi? 10. Jismoniy mashqlar qon tarkibiga qanday ta’sir etadi? 11. Qondagi qand miqdorini aniqlash usuli uning qanday xususiyatiga asoslanadi? 12. Qondagi oqsillar qanday qilib cho‘ktirib olinadi? 13. Qizil qon tuzi bilan oksidlash qanday amalga oshiriladi? 14. Sariq qon tuzini cho‘ktirish va erkin yodni ajratib olishdan maqsad nima? 15. Yodni titrlash qanday amalga oshiriladi? 16. Qondagi qand miqdori aniqlashning qanday ahamiyati bor? 17. Bu ishni bajarishda qanday jihozlar va reaktivlar kerak bo‘ladi? 18. FEK apparati ishga qanday tayyorlanadi va ishlatiladi? 19.Kalibrlash egri chizig‘ning ahamiyati nimadan iborat? 20. Nazorat probirkasi qanday tayyorlab olinadi va u nima uchun kerak? JISMONIY YUKLAMA BAJARGANDA ORGANIZMDA YUZ BERADIGAN BIOKIMYOVIY O’ZGARISHLAR Nazariy tushuncha: Har qanday muskul faoliyati, jumladan sport mashqlari bilan bog’liq jismoniy yuklama muskullarda ATF sarfining keskin oshishiga olib keladi va organizmning kislorodga bo’lgan talabi sezilarli darajada ortadi. Kislorodga bo’lgan talabning ortishi ATF resintezini ta‘minlaydigan oksidlanish jarayonlarining jadalligi bilan izohlanadi. Resintezning birmuncha tezroq o’tadigan yo’li sifatida ATF va kreatinfosfat o’rtasidagi qayta fosforlanish reaktsiyasini ko’rsatish mumkin. Biroq muskullarda kreatinfosfatning miqdori kamligi tufayli bu yo’l samarali hisoblanmaydi. Agar ATF resintezi uchun faqat kreatinfosfat qatnashganda, uning muskullardagi mavjud miqdori atigi 2-3 sekund davom etadigan maksimal quvvatli ishgagina yetar edi, xolos. ATF resintezinng birmuncha samarali yo’llaridan biri bu – nafas zanjiridagi oksidlanishli fosforlanishdir, ya‘ni turli substratlarning aerob oksidlanishi orqali ATF to’planishidan iborat. Biroq bu jarayon normal kechishi uchun organizmning kislorodga bo’lgan talabi yetarli darajada qondirib turilishi kerak. Bir qator jismoniy yuklamalar bajarishda organizmda kislorodga bo’lgan qarzdorlik yetarlicha qondirilmay qoladi. Masalan, 100 metr masofaga yugurishda kislorodga bo’lgan talab 7 l bo’lib, amalda 0,5 l kislorod qabul qilinadi. 400 metr masofaga yugurishda esa kislorodga bo’lgan talab 11-13 l bo’lgani holda, amalda 3 l kislorod qabul qilinadi. Shuningdek 10 000 metrga yugurishda yuqoridagi nisbat mos ravishda quyidagi ko’rinishda bo’ladi, ya‘ni 150 va 125 litr. Anaerob sharoitda dastlab muskul glikogenidan foydalaniladi, bu jarayon AMF ta‘sirida va Ca 2+ ionlari ishtirokida faollashadi. Adrenalin va atsetilxolin muskullardagi fosforilaza fermentini faollashtiradi va bu ferment glikoliz jarayonining boshlang’ich bosqichini tezlashtiradi. Uzoq vaqt mashq bajarishda muskullardagi glikogen yetarli bo’lmasligi mumkin, bunday holatda asosan jigar glikogenidan foydalaniladi. Buning uchun jigar glikogeni glyukozagacha parchalanishi va qon orqali ishlab turgan muskullarga yetkazib berilishi kerak. Bu jarayonni adrenalin va glyukagon gormonlari rag’batlantirib turadi. Organizmdagi uglevod zahiralari to’laligicha parchalanmasligi tufayli muskullar energiyani yog’larning oraliq mahsulotlari bo’lgan yog’ kislotalari va keton tanachalaridan olishi mumkin. Qonda glyukoza, sut kislotalari miqdori kamayishi bilan yog’larning parchalanishi tezlashadi. Jigardagi yog’larning oksidlanishi natijasida qonga keton tanachalarining ajralishi tezlashadi. Muskullar esa qondagi keton tanachalarini va erkin yog’ kislotalarini oksidlab, ulardan foydalanadi. Yog’larning parchalanishi, ya‘ni lipoliz jarayonini adrenalin hamda gipofiz gormoni hisoblangan samototropinlar faollashtiradi. Muskullar uzoq muddatli ish bajarishi natijasida yog’lar energiya almashinuvida ishtirok eta boshlaydi, shuningdek glyukoneogenez (uglevod bo’lmagan manbalardan uglevodlarning hosil bo’lishi) jarayoni ham boshlanadi. Glyukoneogenez jarayonini buyrak usti bezidan ajraladigan kortizol gormoni stimullab turadi. Glyukoneogenezning asosiy substrati bo’lib aminokislotalar, di- va oligosaxaridlar hamda yog’ kislotalari xizmat qiladi. Bu jarayon asosan jigarda boradi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling