Statik biokimyо


Download 1.11 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/91
Sana10.03.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1258062
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91
Bog'liq
Kitob 5427 uzsmart.uz

Ishning bajarilishi  
 
Ikki yoki to‘rtta sinaluvchilardan tinch turgan holatida nomsiz barmog‘idan 1ml 0,1 N 
NaOH solingan probirkaga 0,1 ml miqdorida qon namunasi olinadi. Probirkaga sinaluvchining 
ismi sharifi va 1 raqami yozib qo‘yiladi(tinch holatda).
Shundan so‘ng, sinaluvchilarning bir qismi 30 soniya davomida maksimal sur’atda 
yugurishsa, qolgan qismi esa 5 yoki 10 daqiqa o‘rtacha sur’atda yugurishadi. Yugurish 
tugagandan so‘ng yuqorida yozilganidek, yana qon namunalari olinadi. Qon tarkibidagi 
qandning miqdorini aniqlash 60, 61- laboratoriyalarda keltirilgan. 
Tahlil natijalari va barcha hisob-kitoblar qayd qilinadi. Olingan ma'lumotlar solishtirilib, 
ularni yozma ravishda tahlil qilinadi.
Agar tajribalar guruh mashg‘ulotlarida olib borilmasdan, talabalar ilmiy to‘garaklarida 
olib borilsa, u holda joyida turib yugurib bajariladigan haqiqiy sport yuklamalarini stadionlarda 
bajarishga o‘zgartirsa bo‘ladi (masalan, 100 m, 500 m va 20-25 daqiqali kross).
Nazorat uchun savollar. 
1. Jismoniy yuklama davrida muskullarda qanday biokimyoviy jarayonlar yuz beradi? 
2. Jismoniy yuklamalar bajarishda organizmning kislorodga bo’lgan talabi qanday bo’ladi? 
3. Muskullar uzoq muddatli ish bajarish paytida yog’lar va uglevodlarning vazifasini 
izohlang? 
4. So‘lak reaksiyasi faolligiga turli jismoniy yuklamalar qanday ta’sir qiladi? 
5. Qon tarkibidagi glyukoza miqdoriga turli jismoniy yuklamalarning ta'sirini tushintiring? 


 
JISMONIY YUKLAMA BAJARGANDAN SO‘NG DAM OLISH DAVRIDA 
ORGANIZMDA SODIR BO‘LADIGAN BIOKIMYOVIY JARAYONLAR. 
 
 
Nazariy tushuncha: Jismoniy yuklamalardan so‘ng dam olish vaqtida, biokimyoviy 
o‘za'ro munosabatlar bajarilgunigacha muskul ishi vaqtida sarf qilingan potensial energiyaning 
tiklanishi sodir bo‘ladi. Asta-sekinlik bilan nafas va qon-tomir sistemasi funksiyasi faolligi ham 
normallashadi. 
Dam olish vaqtida muskul qisqarishi uchun ATF uncha ko‘p sarf bo’lmaydi, kislorodga 
bo‘lgan talabning ortishi va yuqori jadallikdagi oksidlanishli jarayonlar bir qancha vaqt saqlanib 
turadi. Bunda sezilarli miqdorda hosil bo‘lgan ATF endi turli xildagi biosintezlarni energiya 
bilan ta'minlaydi. Moddalar almashinuvining katobolitik fazasi muskul faoliyati uchun xarakterli 
bo‘lib, anobolitik faza bilan almashinadi. Bunda jadal boruvchi biosintezlar (kreatinfosfat, 
glikogen, stukturali va fermentativ oqsillar qatori fosfolipidlar resintezi) ishlash darajasini 
tiklashni ta'minlabgina qolmasdan, ularning hosil bo‘lishini ham ta'minlaydi. Ish vaqtida sarf 
bo‘lgan moddalar tarkibida superkompensatsiya yuzaga chiqadi. Ayniqsa, bu moddalar 
tarkibining sezilarli superkompensatsiyasi muskul faoliyati vaqtida juda yuqori jadallikda sarf 
bo‘ladi.
Muskullarda turli miqdordagi fermentlarning va muskul faoliyati hamda faolligining 
oshishidagi energiya manbai miqdorining ko‘rinishi, mashg‘ulotlar davomida sportchi 
organizmning uzoqroq muskul faoliyati jadalligiga o‘rganishi, ya'ni mashg‘ulotlar holati asosida 
yotadi. 
Dam olish davrida ish bajarilishi vaqtida vujudga kelgan kislorod qarzining-dastlab 
alaktatli (sutsiz) (yoki “tez”) tugallanishi kreatinfosfat resintezida, shundan so‘ng glikogen 
sintezi va sut kislotasi oksidlanishining ortiqcha nuqsonlari bilan bog‘liq bo‘lgan laktatli (sutli) 
(yoki “sekin”) tugatilishi ro‘y beradi. Biroq dam olish davrida kislorod sarfining oshishi 
laktatsidli kislorod qarzining tugashidan keyin bir qancha vaqt saqlanadi va u dam olish davrida 
jadal boruvchi biosintetik jarayonlar (fermentlar sintezi, strukturali oqsillar, glikogen va 
fosfolipidlar sintezi) bilan bog‘liqdir. Bu biosintezlarning energiya manbai bo‘lib, asosiy 
navbatda lipidlar va ularning parchalanish mahsulotlari – yog‘ kislotalari va keton tanalar 
hisoblanadi. Dam olish davrida ular zarur biosintezlar uchun ATF ning aylanishini ta'minlash 
maqsadida muntazam oksidlanadi. Qondagi yog‘ kislotalari va keton tanalarning normallashgan 
miqdori, sut kislotalar miqdoriga nisbatan sezilarli darajada keyingi o‘rinni egallaydi. 

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling