Statik biokimyо
-tajriba. Antron reaktivi bilan fotometrik usulda qondagi
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning bajarilishi
61-tajriba. Antron reaktivi bilan fotometrik usulda qondagi
qand miqdorini aniqlash Glyukoza konsentrik sulfat kislotada erigan antron bilan ko‘k rang beradi. Rangning intensivligi glyukoza konsentratsiyasiga bog‘liq. Kerakli jihozlar va reaktivlar: probirkalar, FEK apparati, voronkacha, maxsus elektroforetik filtr qog‘oz, uch xlor atsetatning 2,5 % li eritmasi, natriy ishqorining 0,1 % li eritmasi, antron reaktivi (0,3 g antron 100 ml konsentrlangan sulfat kislotada (sol. og‘ir 1,74) eritiladi. Ishning bajarilishi Probirkaga 0,1 normal natriy ishqori eritmasidan 0,5 ml solinadi. Uning ustiga mikropipetka bilan barmoqdan 0,1 ml qon olib qo‘shiladi. So‘ng uch xlor atsetatning 2,5 % li eritmasidan 2 ml qo‘shiladi. Natijada qondagi oqsillar cho‘kadi va shundan keyin elektroforetik qog‘oz orqali filtrlanadi yoki sentrifugalash ham mumkin. Ikkinchi probirkaga filtratdan 1 ml solib, uning ustiga 6 ml antron reaktividan qo‘shib, boshqa probirkaga quyii yo‘li bilan aralashtiriladi. Shundan keyin uni qaynab turgan suv hammomiga 10 minut qo‘yiladi. Aytilgan vaqt o‘tgandan keyin uni suv hammomidan olib sovitiladi. Shunda suyuqlik qandning konsentratsiyasiga muvofiq holda och yashil, ko‘k yashil yoki ko‘k rangga bo‘yaladi. Tajriba bilan bir vaqtda boshqa probirkada nazorat ham tayyorlanadi. Buning uchun 0,2 ml natriy ishqorining 0,1 normal eritmasi ustiga uch xlor atsetatning 2,5 % li eritmasidan 0,8 ml va 8 ml antron reaktivi solib, bu ham boshqa probirkaga quyish yo‘li bilan aralashtiriladi. Keyin 10 minut suv hammomiga qo‘yiladi va uni olib sovitiladi. Shunda suyuqlik sariq rangli bo‘ladi. Suyuqlikning rangi turg‘un bo‘lib, 5-6 soat davomida o‘zgarmaydi. Shundan so‘ng tekshiriladigan suyuqlikni 1 sm sig‘imli kyuvetalardan biriga solib, uni FEK ka joylashtiriladi. Xuddi shuningdek nazorat probirkasidagi suyuqlik ham FEK ka qo‘yiladi. Keyin ularni qizil rangli filtr bilan fotometrlanadi. Kalibrlangan jadval toza quritilgan (suvsiz) glyukoza eritmasi yordamida tayyorlanadi. Quyida kalibrlash egri chizig‘ini misol tariqasida keltiramiz. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling