Statik biokimyо
-tajriba. Muskul to‘qimasidagi kreatinni aniqlash
Download 1.11 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 5427 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli asbob va reaktivlar
55-tajriba. Muskul to‘qimasidagi kreatinni aniqlash.
Aminokislotalar oqsil biosintezida qatnashishidan tashqari, muhim biologik vazifani bajaruvchi moddalar – gormonlar, vitaminlar, kofermentlar va boshqa biologik faol moddalar sintez qilishi uchun ham xomashyo bo’lib xizmat qiladi. Shunday moddalardan biri kreatindir. Bu modda muskul to’qimasida glitsin, arginin va metionin aminokislotalaridan sintezlanadi. Kreatin skelet, muskullarda 400-500 mg bo’ladi. U nisbatan oz bo’lsa-da, organizmning boshqa to’qimalarida ham uchraydi. Kreatin muskul to’qimasida erkin va fosforlangan-kreatin fosfor ko’rinishida uchraydi. Kreatinfosfat makroerg birikma bo’lib, oson foydalanishi mumkin bo’lgan energetik depo hisoblanadi. Kreatinfosfat + ADF ( Kreatin + ATF. Ushbu reaktsiya qaytar xarakterga ega bo’lib, kreatinkinaza fermenti yordamida amalga oshiriladi. Muskul ekstraktiga xlorid kislota qo’shib qizdirilsa, kreatin kreatininga aylanadi. Hosil bo’lgan kreatinin ishqoriy muhitda pikrin kislota bilan qizg'ish sariq kreatinpikrat hosil qiladi. Kerakli asbob va reaktivlar: qaychi, Petri kosachasi, voronka, filtr qog’oz, suv hammomi, 2 va 10 ml li darajalangan pipetkalar, sulfosalitsil kislotaning 20% li eritmasi, xlorid kislotaning 10% li eritmasi, pikrin kislotaning 1% li eritmasi, NaOH ning 20% li eritmasi. Ishning bajarilishi. Kreatinni ekstraktsiya qilish uchun 1,5-2 g yangi so’yilgan hayvon muskuliga 6-8 ml distillangan suv qo’shib, yaxshilab maydalanadi. Hosil bo’lgan muskul suspenziyasidan 5 ml olib, oqsillarni cho’ktirish uchun teng miqdorda 20% li sulfosalitsil kislota qo’shiladi va yaxshilab aralashtirib, 5-10 minut qoldiriladi. Shundan keyin aralashma filtrlanib, olingan ekstraktdan 2-3 ml alohida probirkaga quyiladi va uning ustiga teng hajmda 10% li xlorid kislota quyib, suv hammomida 2 soat qizdiriladi. So’ngra probikalarga 1-2 ml pikrin kislotaning to’yingan eritmasi qo’shiladi. Eritmaning qizg’ish sariq rangga kirish kreatinpikrat hosil bo’lganligini bildiradi. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling